TOShKENT, 11-iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizatsiyani oldini olishga yoshlarni jalb qilish zarurati haqida xabardorlikni oshirish va siyosiy tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu anjumanni tashkil etish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tgan yili noyabr oyida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YeXHT)ning Bosh kotibi Tomas Greminger bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida ilgari surilgan.
Anjumanda birinchilardan nutq so‘zlagan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirokchilarga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida xalqaro hamjamiyat e’tiborini terrorchilik tahdidlariga qarshi kurashish muammosiga qaratganini eslatib o‘tdi.
Safoyev prezident o‘z nutqida ikkita fundamental masalaga urg‘u berganligini qayd etdi.
Demak, bunga qarshi kurash birinchi navbatda ma’naviyat, ma’rifat, ta’lim, ijtimoiy sohalar vositalari evaziga olib borilmog‘i lozim.
Ikkinchidan, ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq ko‘pgina jinoyatlar 30 yoshga to‘lmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda", — Mirziyoyevning BMTdagi nutqidan iqtibos keltirdi Sodiq Safoyev.
Siyosatchi shuningdek, mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra bugun 18 yoshga to‘lmagan 300 ming nafar o‘smir jangarilar qurolli to‘qnashuvlarga jalb etilganligini aytdi.
"Ushbu mojarolarning 80 foizida 15 yoshga to‘lmagan yigit va qizlar ishtirok etmoqda. Yevropa davlatlaridan terroristik guruhlarga qo‘shilgan shaxslarning o‘rtacha yoshi 2000-yillarning boshida qariyb 28 yosh bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 20 ga yaqin. Ya’ni tobora yosharmoqda", — dedi Safoyev.
"Yoshlar hayotiy tajribaga ega emas. Ularda o‘z qobiliyatini, hatto soxta g‘oyalarga ergashib bo‘lsada namoyish qilish istagida. Xalqaro mehnat migratsiyasining eng katta qatlamini aynan yoshlar tashkil etadi va ular o‘zga yurtlarda marginallashgan holda hayot kechirmoqdalar. Va nihoyat internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning asosiy qismi — bu yoshlardir", — dedi Safoyev.
Safoyev shuningdek, Yer sayyorasida yoshlar son jihatdan insoniyat tarixidagi eng yirik avlod ekanligini, aynan yoshlar insoniyat kelajagini belgilab berishini, ular bilan ishlash — Hukumatlar, parlamentlar, xalqaro tashkilotlar faoliyatida markaziy o‘rinni egallash kerak deya ta’kidladi.
"Yoshlar siyosatining xalqaro siyosatini ishlab chiqish, yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish katta ahamiyatga ega. BMTning yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani ishlab chiqish haqidagi O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlash muhim deb hisoblayman, yoshlarning ongi uchun kurashish — bizning eng mushtarak vazifamizdir", — dedi o‘z nuqi yakunida Safoyev.
Ushbu xalqaro anjuman 2016-yilda Germaniya raisligida qabul qilingan YeXHTning terrorizmni odini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha sayi-harakatlarini mustahkamlashga oid Ministrlik deklaratsiyasi va 2015-yilda Seriya raisligida qabul qilingan terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizatsiyani oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha Deklaratsiyasiga javoban tashkil etilgan va O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan birinchi tadbir hisoblanadi.