O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston masalasi bo‘yicha bayonot berdi

© Sputnik / V. Kiselev / Mediabankka o‘tishSentr Kabula
Sentr Kabula - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlikning bildirishicha, O‘zbekiston tegishli aloqalar o‘rnatib, Tolibon harakatining yuqori martabali vakillari bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonda o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish tartibi davom etishiga umid qiladi. Bu haqda O‘zbekiston TIVga asoslanib "Jahon" AA ma’lum qildi.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon uch kunlik yarashuv e’lon qildi

“Toshkent shahrida 2018-yil 27-mart kuni bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi ushbu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda”, - deyiladi bayonotda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida Afg‘oniston hukumati, AQSh, XXR, Rossiya, Xalqaro muloqot guruhiga a’zo mamlakatlar, Yevroosiyo mintaqasi, Janubiy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharq davlatlari vakillari bilan bu borada qator maslahatlashuv uchrashuvlari va muzokaralar o‘tkazdi.

Bayonotda Afg‘oniston bo‘yicha forum doirasida bir ovozdan qabul qilingan, mintaqaviy va global miqyosda tinchlikka erishish, terrorizmga va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni nazarda tutuvchi Toshkent deklaratsiyasi ushbu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish uchun muhim siyosiy asos bo‘lib xizmat qilayotganligi ta’kidlanadi.

Vazirlikning bildirishicha, O‘zbekiston tegishli aloqalar o‘rnatib, Tolibon harakatining yuqori martabali vakillari bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu uchrashuvlar Toshkent konferensiyasi ishtirokchilarining umumiy pozitsiyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida o‘tkazilgan va uchrashuvlarda Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik-barqarorlik o‘rnatish va mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan muloqot va o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.

“Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakatining Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish tartibini joriy etganini olqishlaydi. O‘zbekiston ushbu yarashuv Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining o‘t ochishni to‘xtatish tartibini uzaytirish to‘g‘risidagi qaroriga amal qilgan holda muddatsiz tus olishiga umid qiladi”,  - deyiladi bayonotda.

Vazirlik qaror topayotgan vaziyatni hisobga olgan holda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining tashabbusiga asoslanib, tinchlik jarayonining barcha bosqichlarida O‘zbekiston hududida Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratishga har tomonlama tayyor ekanini tasdiqlaydi.

Yangiliklar lentasi
0