TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari xalqaro terrorizmga qarshi kurash, davlat chegarasini himoya qilish va axborot almashish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimni imzoladi, deb xabar qildi Tojikiston milliy xavfsizlik xizmati matbuot xizmati.
"Hujjat Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Saymo‘min Yatimov va O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev imzoladi", — deb ta’kidladi suhbatdosh.
O‘zbekiston DXX raisi Ixtiyor Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya seshanba kuni Dushanbega keldi.
"Uchrashuv chog‘ida ikki davlat maxsus xizmatlari o‘rtasida terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi", — deb ta’kidlandi Tojikiston milliy xavfsizlik xizmatida.
Tomonlar ikki davlat terrorchilik va ekstremizm, shu jumladan, Afg‘oniston hududida faoliyat yurituvchi terrorchilik guruhlarga qarshi kurashish borasida yagona yondoshuvlar borligini ma’lum qildi.
"Tojikston va O‘zbekiston terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarga qarshi kurash bo‘yicha qat’iy va yagona pozitsiyaga ega", — deyilgan Tojikiston milliy xavfsizlik xizmati xabarida.
O‘zbekiston davlat xavfsizlik xizmati rahbari Rog‘un GESi qurilish maydoniga ham tashrif buyurdi.