Putin qachondan boshlab Xudoga ishongan: katta selektorda yangragan yorqin javoblar

© Sputnik / Mixail KlimentyevPrezident RF Vladimir Putin otvechayet na voprosi rossiyan vo vremya yejegodnoy spetsialnoy programmi "Pramaya liniya s Vladimirom Putinim"
Prezident RF Vladimir Putin otvechayet na voprosi rossiyan vo vremya yejegodnoy spetsialnoy programmi Pramaya liniya s Vladimirom Putinim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining bu yilgi xalq bilan "jonli" muloqoti katta videoselektor yig‘ilishi tarzida o‘tdi. Vladimir Putin 4 soatu 20 daqiqa davomida kelib tushgan ikki millionta savoldan 73tasiga javob berdi

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Dastur avvalida boshlovchilar Kirill Kleymenov va Andrey Kondrashov "to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot"ni "shikoyatlar kitobi"ga aylantirishni istamaganliklari, shu bois kelajak haqida gapirishni ma’qul ko‘rganliklarini aytib o‘tishdi.

Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin kontrsanksiyalar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Putin bilan "jonli" muloqot bu yil o‘zgacha shaklda o‘tdi — zalda tomoshabinlar ko‘rinmadi, faqat volontor(ko‘ngilli ishchi)lar bor edi. Eng asosiy yangilik — Rossiya prezidentining xalq bilan muloqoti — O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tkazadigan selektor yig‘ilishi tarzida o‘tgani bo‘ldi.

Putin vazirlar va viloyatlar rahbarlari bilan ichki aloqani yo‘lga qo‘ydi. Onlayn-anjuman rejimida tegishli savol yangrashi bilan rahbarlar muloqot jarayoniga jalb etildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning eng yorqin lahzalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Rossiyaning ichki muammolari — narxlar, kasalliklar va pensiya

Vladimir Putin kirish so‘zida mamlakat yaxshi tomonga yo‘nalish olganini aytdi. Iqtisodda o‘sish ro‘y bergani (mayli, kichik bo‘lsa-da, muhimi bu pastlash emas), inflyatsiya o‘zining tarixiy minimumiga yetgani ta’kidlandi. Prezident, shuningdek, aholi daromadi bilan bir qatorda umr davomiyligi ham o‘sib borayotganini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya xalqiga hammasi yaxshi bo‘ladi, deb va’da berdi

Ilk savol "osmonga ko‘tarilgan" benzin narxi haqida bo‘ldi. Sankt-peterburglik KamAZ haydovchisi o‘z hayratini yashirib o‘tirmadi: "Biz 18-mart kuni katta bir tanlovni amalga oshirdik, butun mamlakat siz uchun ovoz berdi, benzin narxini esa o‘sishdan to‘xtata olmayapsiz!". Haydovchining bu savoliga javoban benzin narxi muzlatilishi haqida nafaqat Putin, balki Energetika vaziri Aleksandr Novak va Bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Kozaklar birgalikda hisobot berishdi.

Eng og‘riqli savollar tibbiyot borasida bo‘ldi: volontor-medik Alevtina Kiselova dorilar, mutaxassislar, onkomarkazlar yetishmovchiligidan tortib, tashxislarning noto‘g‘ri  qo‘yilishi haqidagi muammolarni ko‘tardi.

Rossiyaning Vladimir viloyatidan qo‘yib berilgan reportajda "to‘kilaman" degan ahvolga kelib qolgan tuman shifoxonasi namoyish etildi va kasalxonaning ko‘plab bo‘limlari yopilib ketgani tufayli mahalliy aholi davolanish imkonidan mahrum bo‘lgani ma’lum qilindi. Reportajda Putinga 10 nafar farzandi bor ayol murojaat qilib, Strunino aholisiga davolanish imkonini qaytarib berishlarini iltimos qildi. Suhbatga Vladimir viloyati gubernatori Svetlana Orlovani ulashdi. "Biz hech qayerni yopganimiz yo‘q, — deya ishontirdi gubernator. "U aldayapti!", — degan so‘zlar yangradi efirda.

Qahramon ona va boshqa ayollar prezidentga murojaatni davom ettirdilar: "Yordam bering, Vladimir Vladimirovich!" Ammo gubernator bu orada kasalxona haqiqatda eskiligi, yangisining qurilishi esa boshlab yuborilganini aytishga ulgurdi.

"Umid qilamanki, bunday qarama-qarshiliklar kelajakda bo‘lmaydi. Gap odamlar sog‘lig‘i haqida bormoqda", — dedi Rossiya prezidenti.

Putinga pensiya yoshi ko‘tariladimi, degan savol berildi, ammo aniq javob yangramadi. "Bilasizmi, men bu masalaga o‘ta ehtiyotkorona yondashaman. Hukumat ishlab chiqadigan choralarni kutish kerak. So‘ngra ushbu mavzuni muhokama qilsa bo‘ladi", — dedi prezident.

Tashqi siyosat

Tashqi siyosat mavzusi ko‘rsatuvning ikkinchi soatida ko‘tarildi. Boshlovchilar bu yil Rossiya va G‘arb munosabatlari haqida ko‘plab savollar kelib tushganini aytishdi. "Havotir hissiga alam hissi ham qo‘shildi", — dedi boshlovchi Kleymenov. Unga Rossiyani har narsada ayblay boshlaganliklari alam qilayotgandi. "Chunki Rossiya yuzida xavfni ko‘rishmoqda, Rossiya ular uchun raqib bo‘layotganini sezishmoqda", — deb izoh berdi Putin. 

Vladimir Putin otvetil na vopros pro Mixaila Saakashvili - Sputnik O‘zbekiston
Putin AQSh nima uchun Rossiyaga sanksiya kiritayotgani sababini aytdi

Rossiya rahbari bu samarasiz siyosatligini, siyosat xudbinlikni ko‘tarmasligini ta’kidladi.

Uchinchi jahon urushi haqidagi savolga Putin Albert Eynshteyn iborasi bilan javob qaytardi. Buyuk olim: "Uchinchi jahon urushi qanday vositalar bilan olib borilishini bilmayman, ammo to‘rtinchisi tosh va tayoqlar yordamida olib boriladi", degan.

"Bu qanchalar yoqimsiz jarang topmasin, lekin aytaman. Bir-birini yo‘q qilib yuborish singari qo‘rquv hissi harbiy jihatdan qudratli davlatlarni jilovlab turgan va bir-birini hurmat qilishga majbur etgan", — dedi Putin, shu bois tenglikni zamonaviy himoya vositalari yordamida ushlab turish lozim, deb fikr bildirdi.

Rus tilini o‘rganishga qo‘ygan ta’qiqi tufayli Latviyaga nisbatan sanksiya qo‘llash taklifini Rossiya prezidenti ma’qullamagan bo‘lsada, ammo Latviya hukumatini tanqid qildi. Xususan, ularda "fuqarosi emas" atamasi mavjudligi uchun. Britaniya rossiyalik milliarderlarni qiynayotgani haqidagi savolga javob berar ekan, Vladimir Putin avval boshdanoq biznesga kapitalni vatanda saqlash haqida maslahat berganligini eslatib o‘tdi.

Shaxsiy savollar

Muloqot davomida Putinning o‘zi tanlab olgan blissavollar va murojaatlar alohida blokda jarang topdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston
Putin: “Qizlarim hech qachon “yulduz farzand” bo‘lmagan"
O‘zi haqidagi hazillar borasidagi savollarga javob berar ekan, Putin "nemis nashrlaridan birida" e’lon qilingan maqolani yodga oldi. Nashr AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropani "Putinning qo‘liga" topshirayotgani haqida yozgan. "Agar buni sal oldinroq tarqalgan, Rossiya AQShdagi saylovlarga ta’sir ko‘rsatgani haqidagi hazillar bilan umumlashtirsak, u holda juda qiziq holat yuzaga keladi: biz go‘yoki AQSh prezidenti saylovlariga ta’sir ko‘rsatganmiz, u esa buning evaziga bizga Yevropani sovg‘a qilgan bo‘ladi", — dedi Rossiya yetakchisi. Putin bu xabarlarga "alahsirash" deb baho berdi.

Rossiya prezidenti ishi tufayli shaxsiy hayotida ma’lum qurbonliklar qilishiga to‘g‘ri kelishini tan oldi. U o‘z nabiralariga hech qachon aldamaslikni maslahat bergan bo‘lar edi. "To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot" yakunlangach, jurnalistlar bilan suhbat davomida Putin nabiralari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishini xohlashini tan oldi. "Tan olishim kerak, menga vaqt yetmaydi. Vaqt yetmasligi — doimiy murakkab masalalardan biri, demak men o‘z vaqtimni yomon tashkillashtiraman, men buni tushunaman, lekin nabiralarim bilan ko‘proq muloqot qilishni xohlardim, bu rost", — dedi Putin. U shuningdek, nabiralari sog‘-salomatligini, ularda hammasi yaxshiligini ma’lum qildi.

Boshlovchilar Putinga juda shaxsiy savol bilan murojaat qilishdi: u qachon Xudoga ishonganligini so‘rashdi.

Putin biroz o‘ylanib, so‘ngra har bir inson Xudoga ishonch bilan tug‘iladi, dedi. "Ulug‘ Vatan urushida odamlar okopdan chiqib, hujumga o‘tishganida, ularning har biri Xudo haqida o‘ylagan", — dedi Putin. U shuningdek, ekstremal vaziyatga tushgan har bir inson Xudoni esga olishini qo‘shimcha qildi.

LIVE: Bolshaya press-konferensiya Vladimira Putina 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Putin "munosib raqiblarsiz saylov" haqidagi savolga javob berdi
Rossiya prezidentiga siyosiy raqobat haqida ham savol berildi. Siyosiy olimpda yolg‘izlanib qolmadingizmi, degan mazmunda. Putin ushbu savolga javob berar ekan, o‘z atrofida maslakdoshlari jamlanganiga e’tibor qaratdi. O‘ziga izdosh tayyorlash haqidagi an’anaviy savolga javob berar ekan, Putin bu haqda doim o‘ylashini, ammo yangi prezidentni rossiyaliklar saylashini aytdi.

So‘nggi savol quyidagicha jarang topdi: "Mamlakat oldinga sakrashni amalga oshirishi uchun, rossiyaliklarni bu jarayonga da’vat qilish uchun nima degan bo‘lardingiz?" Rossiya rahbari 30-yillardagi industriyalashtirish jarayonini esga oldi: o‘shanda mamlakatda hayot uchun kurash ketayotgandi, dunyo urush yoqasiga kelib qolgan edi. Sovuq urush va yadro tahdidi tufayli 50-yillarda ham oson bo‘lmagan.

"Barchamiz shuni anglab yetishimizni istardim, agar texnologik rivojlanish jarayonidan ortda qolsak, iqtisodiy o‘sish, yangi texnologiyalar joriy etilishini ta’minlamasak, mamlakatni yo‘llar va aloqa liniyalari bilan bog‘lamasak, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini e’tiborsiz qoldirsak — qaytib tiklanmaydigan qoloqlikka uchraymiz. Bu bizning suverenitetimizni savol ostida qoldiradi", — dedi Putin va "Biz shunchaki ketib borayotgan yangi texnologik poyezdning oxirgi vagoniga sakrashimiz kerakmas, biz bu poyezdning boshida bo‘lishimiz kerak", — deya da’vat etdi.

Yangiliklar lentasi
0