Putin: “Qizlarim hech qachon “yulduz farzand” bo‘lmagan"

Obuna bo‘lish
Vladimir Putin qizlari doimiy yashash uchun chet elga chiqmaganliklari va ma’lumotni Rossiya hududida olganliklarini aytdi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Bo‘lib o‘tgan katta matbuot-anjumanda Rossiya prezidentiga qizlari haqida savol berildi. Putin bunga javoban ular Rossiyada yashashlari, faqat Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishgani, tijorat va siyosat sohasiga umuman aralashmasliklari haqida gapirdi.

Qizlari aynan qaysi sohada faoliyat yuritishlari haqida Vladimir Putin gapirishni xohlamadi. “Ularning xavfsizligini o‘ylab, bu haqda ma’lumot berolmayman”, dedi prezident.

"Har bir inson hayotini o‘zi xohlaganidek kechirish huquqiga ega, nazarimda. Qizlarim hech qachon “yulduz farzandlar” bo‘lishmagan. Davlat rahbarining qiziligi ularga hech qachon rohat bag‘ishlamagan. Ular o‘z hayoti bilan andarmon. Va bu ishni munosib bajarmoqdalar".

Putin, shuningdek, Rossiyada faoliyat yuritayotgan va uch-to‘rt xorijiy tillarda bemalol so‘zlasha oladigan qizlari bilan faxrlanishini ta’kidladi.

 

Yangiliklar lentasi
0