TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin "AQSh va boshqa davlatlarning nodo‘stona harakatlariga ta’sir choralari to‘g‘risidagi" qonunni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilingan.
Qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjat AQSh va boshqa mamlakatlarning nodo‘stona harakatlariga javoban kontrsanksiyalar kiritish imkonini beradi. Choralar davlatlar, ular yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan tashkilotlarga hamda amaldorlar va fuqarolarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.