Putin "munosib raqiblarsiz saylov" haqidagi savolga javob berdi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2017-yilgi katta matbuot-anjumani boshlandi. Birinchi savol "Siz nega saylovlarda qatnashapsiz" degan mazmunda berildi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Biz bugun Rossiyaning barcha muammolari haqida ularga "yaltiroq" tus bermay gapiramiz, dedi matbuot-anjumani davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston
Putinning katta matbuot-anjumani boshlandi
Putin mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlari yaxshilanayotganini ta’kidladi.

"Qarzdorlar uch barobar qisqardi, zaxiralar esa 30 barobarga oshdi", — deb ta’kidladi prezident.

Putin oylik maoshlar oshganini, YaIMda o‘sish bo‘lganini, o‘lim holatlari pasayayotganini e’tirof etib o‘tdi.

"Biz demografik holatni sindirishga muvaffaq bo‘ldik", — deb qayd etdi Putin.

Matbuot-anjumani vaqtida Putinga berilgan ikkinchi savol raqiblar haqida bo‘ldi. Rossiya prezidentiga "munosib raqiblarsiz saylovlarda ishtirok etish qanaqa bo‘larkin" degan mazmunda savol berishdi.

Oradan mamlakatdagi o‘zgarishlar haqida gapirgan Putin "munosib raqib" haqidagi savolga qaytib, "Raqiblarni o‘zimga o‘zim tanlamayman-ku", — deya javob berdi.

Yangiliklar lentasi
0