Kastrodan keyingi Kuba: Ozodlik orolidagi sotsialistik loyiha natijalari

© REUTERS / Henry RomeroSveti u portreta Fidelya Kastro
Sveti u portreta Fidelya Kastro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kastro davri merosi ziddiyatlarga boy. Ulkan yutuqlar bisyor, ammo jiddiy muammolar ham yetarli. Ria Novosti muxbiri Fidel va Raul Kastro hukmronligi natijalari haqida bilish, shuningdek, Kubani kelajakda nimalar kutayotganini anglashga harakat qilish uchun Gavanaga sayohat qildi

Andrey Veselov

Raul Kastro o‘zidan bor vakolatlarni sokit qilib, davlat rahbarligini sobiq komsomol yetakchisi Migel Dias-Kanelga topshirdi. Kubada rahbarlik kursilarini 1959-yilgi inqilob va fuqarolar urushi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan yangi avlod egallamoqda. Kastro davri merosi ziddiyatlarga boy. Ulkan yutuqlar bisyor, ammo jiddiy muammolar ham yetarli. RIA Novosti muxbiri Fidel va Raul Kastro hukmronligi natijalari haqida bilish, shuningdek, Kubani endilikda nimalar kutayotganini tushunishga harakat qilish uchun Gavanaga sayohat qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefonda gaplashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Raul Kastro Putinga Kuba bundan keyin ham o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasligini bildirdi

Xose Marti nomidagi aeroportda bojxona nazoratida — ayollar. To‘rsimon kolgotkalarda, kalta formali yubkalarda, jimjimador tilla (yoki tilla suvi yugurtirilgan) taqinchoqlarda. Bojxona bo‘linmasi rahbari ham ayol.

"Bunda inqilobimizning xizmati katta. Ma’muriyat, siyosat, politsiya va hatto maxsus xizmatlarning ham teng yarmi ayollar, — deydi advokat va sobiq shahar deputati Esteban Krus. — Raul Kastroning qizi — Mariela — taniqli feminist. Yashirmayman, boshida bizning rahbarlarimiz "erkakcha" kayfiyatda edi, ammo vaqt o‘tib hammasi izga tushdi. Kubada ayollarni qadrlashadi va hurmat qilishadi, ularni teng ko‘radilar. Va bunda Marielaning hissasi katta".

"Gigiyena hammasidan ustun"

"Bu yerda eng zo‘r tibbiyot mavjud. Dunyodagi eng zo‘r tibbiyot! Hatto Sovet Ittifoqida bo‘lgandan ham yaxshiroq. Garchi biz hammamiz Moskvadan o‘rgangan bo‘lsak ham", — deb hikoya qiladi Kristina Gonsales, uchastka davolovchi-shifokori.

Fidel Kastro O‘zbekistonda - Sputnik O‘zbekiston
Chopon kiygan Fidel Kastro! - Komandantening O‘zbekistonga tashrifi aks etgan suratlar

U mubolag‘a qilmayapti. Kuba hukumatining xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan tan olingan eng asosiy xizmati — tibbiyotdir. Bepul, ochiq va fenomenal darajada sifatli.

BMT Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari Kuba tibbiyot modelini namunaviy, deya ataydilar. Shu tariqa, Kuba OIV va sifilisni yuqtirgan onalardan virussiz farzandlar dunyoga keladigan birinchi mamlakatga aylandi. BSST Bosh direktori Margaret Chan o‘zining bayonotida orol "butun dunyoga namuna ko‘rsatayotgani" aytgan edi.

Statistik ma’lumotlar taajjubga soladi. Orolda go‘daklar o‘limi Yer sharining G‘arbiy qismi bo‘yicha eng past, umr davomiyligi esa qo‘shni davlat Qo‘shma Shtatlarnikidan ko‘ra ko‘proq. Darvoqe, Shtatlar tibbiyot sohasiga juda katta mablag‘ safarbar etgani bilan xalqaro reytinglarda Kubadan ortda turadi. Misol uchun, Bloomberg agentligi reytingizda Kuba na 31-o‘rinda bo‘lsa, AQSh — 34-o‘rinda.

"Men sizga aytsam, amerikaliklar bizga davolanishga kelishadi. Ya’ni cho‘ntagi sug‘urta pulini ko‘tara olmaydiganlari", — deydi Gonsales. Shuningdek, Lotin Amerikasidan ham mijozlar ko‘p. Ba’zida esa boshqa mamlakatlar hukumatlari takliflari bilan kubalik shifokorlar xorijda ham ishlashadi.

© Sputnik / Mariya Plotnikova / Mediabankka o‘tishKubines s rebenkom na ulitse v rayone "Staraya Gavana"
Kubines s rebenkom na ulitse v rayone Staraya Gavana - Sputnik O‘zbekiston
Kubines s rebenkom na ulitse v rayone "Staraya Gavana"

"Shunday qilib, tibbiy missiyalarning birida Boliviyada Mario Teranning ko‘zini operatsiya qilishgan, — deb hikoya qiladi Krus. — O‘sha Che Gevarani otib tashlagan Boliviya armiyasi serjantini. Kesalik chog‘ida unda ko‘z kasalligi aniqlangan, u ko‘r bo‘lib qolishi mumkin edi. Teran bizga yordam so‘rab murojaat qildi. Mayli, ko‘rsin!"

Sputnik_Minglab kubaliklar Fidel Kastro bilan vidolashish uchun navbatda turishibdi - Sputnik O‘zbekiston
Kubaliklar Fidel Kastro bilan vidolashmoqda
Bularning barchasi o‘z yo‘liga, Kuba tibbiyotining asosiy siri — dastlabki profilaktik ishlarda. Har bir oilaning o‘z xonadon-shifokori bor. Yilda bir marta kubaliklar majburiy tarzda dispanserizatsiyadan o‘tishadi. 11 million aholiga 90 ming shifokor to‘g‘ri keladi, ya’ni har ming kishiga 8,2 shifokordan. Bu ko‘rsatkich AQSh va Yevropa mamlakatlaridagidan ko‘ra 3-4 barobar ko‘p.

"Men odamlarni bilaman. Muammolar menga tanish. Shu jumladan, yashirin holdagi muammolar ham", — deb tushuntiradi Gonsales.

"Kimdir ko‘p chekadi, kimdir ko‘p ichadi. Biz kasalliklarni boshidayoq "qo‘lga olamiz", — deya davom etadi ayol. — Agar misol uchun, qon bosimining oshib ketishi (gipertoniya) xavfi mavjudligini ilg‘asak — jismoniy mashg‘ulotlar va parhez yozamiz. Shu tariqa operatsiyaning oldini olish mumkin. Biz oddiy narsalar haqida ham tinimsiz gapiramiz. Hattoki, shaxsiy gigiyenaning naqadar muhimligi haqida. Bu haqiqatda ko‘pgina kasalliklar va uning asoratlarining oldini olishda yordam beradi".

© Sputnik / /StringerFidel Kastro v Uzbekistane
Fidel Kastro v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Fidel Kastro v Uzbekistane

Katta hurmatga ega g‘arblik ekspertlar Kuba tibbiyoti xizmatlarini tan olib turgan bir vaqtda, Amerika va Yevropa tabloidlari "yeng shimarib" mamlakatdagi ochlik va iqtisodiyot sohasida davlat monopoliyasi haqidagi asotirlarni tarqatishda davom etmoqda. Bu yolg‘on. "Yeyishga narsa yo‘qmi? Mana mevalar, mana sabzi, qarang! Hammasi bor", — deydi Rikardo Parra, shahar bozoridagi sotuvchi.

Rikardoning amakisining kichik fermasi bor. Yigitning o‘zi uy ishlarida yordam beradi, savdoda turadi va universitetga kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Orolda kichik tadbirkorlikka ruxsat berilgan. Rasman — 2016-yilning may oyidan, aslida esa biznes undan oldinroq rivojlana boshlagan. Davlat yerlari fermerlarga 2008-yildan berila boshlagan.

"Hujjatlar va burokratiyaga — minimum", — deydi Rikardo.

Shu bilan birga Kuba rejali iqtisodiyotdan voz kechgani yo‘q va xususiy tadbirkorlarni strategik sohalarga qo‘ymoqchi emas. Ferma, sartaroshxona va tamaddixona bo‘lsa. boshqa gap — marhamat. Kompartiya bunga qarshi emas.

Eski narsalar oroli

Kubadagi do‘konlarda narsalar turlari rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan ancha odmi. Vaziyat asta-sekin o‘zgarmoqda, ammo sifatli narsalar tanqis. Bu holat kubaliklarga o‘z shaxsiy mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, narsalarni sozlab va ta’mirlab ishlatishni o‘rgatdi. Oqibatda, Kubada vintaj narsalar va raritet texnikalar qo‘riqxonasi vujudga keldi.

© Sputnik / Mariya Plotnikova / Mediabankka o‘tishKubinsi na ulitse v rayone "Staraya Gavana".
Kubinsi na ulitse v rayone Staraya Gavana. - Sputnik O‘zbekiston
Kubinsi na ulitse v rayone "Staraya Gavana".

Diyego Mora — qo‘li gul usta. U hamma narsani sozlay oladi — jihozdan tortib, qahva tayyorlaydigan uskunagacha. Avvaliga bu ish u uchun ermak edi, keyin esa do‘stlari, tanishlari, tanishlarining tanishlari murojaat qila boshlashdi. Va mana, yigirma yildan oshiq vaqtdan buyon u professional restovrator-universal bo‘lib ishlab kelmoqda.

"Eski narsalarda jon va sehr bor. Bu stol ortida sizning katta buvangiz, buvangiz va otangiz o‘tirgan ekan, siz ham bajonidil o‘tirishni istaysiz, — deb hikoya qiladi Mora. — Yana bir afzal tomoni bor. Eski narsalar — haqiqiy, ular uzoq vaqt xizmat qiladi. Yangi mebellar xuddi kartondan yasalgandek. Ba’zan menga yangi bir narsani ta’mirlashga olib kelishsa, undan voz kechaman. Ilgarilari hammasi texnika ishlashi, xizmat qilishi uchun qilingan bo‘lsa, hozir tezroq ishdan chiqishi va siz yangisini olishingiz uchun qilinmoqda".

Hamma narsani ham sozlashni iloji bo‘lmaydi. Ko‘hna Gavananing yana bir ko‘rinishi — barbod bo‘lgan, avariya holatidagi binolardir. "Birinchidan, uyni ta’mirlash — stulni ta’mirlashdan ko‘ra qimmatroq, — kuladi Mora. — Ikkinchidan, qo‘shni davlatlarda ham — xuddi shu holat".

Fidel Kastro - Sputnik O‘zbekiston
Komandante shunday degan: Fidel Kastroning eng yorqin iboralari

Infratuzilma bilan bog‘liq muammolar mavjud. "Ilgarilari svet tez-tez o‘chardi, hozir bunday holatlar kamroq", — deb hikoya qiladi rossiyalik Oleg. U Kuba ma’muriyati buyurtmasi bilan mahalliy podstansiyalar uchun elektr yetkazish ishlari bilan shug‘ullanadi.

"Tan olish kerak, ular muammoni bartaraf etishga harakat qilishmoqda. Lekin ko‘p narsani o‘zgartirish kerak. Aslini olganda, hammasini o‘zgartirish kerak", — qo‘shimcha qiladi u.

Buning sababi — respublikaning yopiqligida. Ammo bu yerda og‘a-ini Kastrolarning zarracha ham aybi yo‘q. Gavanani qurol kuchi bilan o‘ziga bo‘ysundira olmagan Vashington total iqtisodiy blokadani o‘rnatgan edi. Kuba bilan savdo qiladigan har qanday davlat sanksiyalar ostida qolishi mumkin. Oqibatda, orol deyarli izolyatsiyada qoldi. Olis SSSR bilan aloqalar u uchun "Hayot yo‘li"ga aylandi.

"Biz yopilganimiz yo‘q. Biz muloqot va savdo qilishni istar edik. Lekin bizga bu uchun imkon berishmadi. 1990-yillarda Moskva bizdan yuz o‘girganida, amerikaliklar sanksiyalarni kuchaytirdi. Ular besh-yetti yildan keyin bizni taslim bo‘ladi, deb o‘ylashgan edi, — deydi Krus. — Ammo biz chidadik! Natijada Oq Uy ortga chekindi. Obama davrida ular bosimni susaytirdilar".

Bir mamlakat — ikki tizim

Kuba tarixi AQShga nisbatan ko‘rsatilgan afsonaviy mardonavor qarama-qarshiliklar bilan chambarchas bog‘liq. Kichik bir orol dunyo gigantiga qarshilik ko‘rsata oldi. Katta avlod bundan boshqacha faxrlanadi.

1960 yilda kubaliklar Cho‘chqalar bo‘g‘ozida AQShdan kelgan desanchilarning hujumini qaytarganlarida, Nikolas Rodriges 19 yoshda bo‘lgan. U Kuba politsiyasining batalonlaridan birida xizmat o‘tar edi. "Men shunchaki qo‘limda miltiq ushlagancha, otar edim", — deya esga oladi u.

Flag Soyedinennix Shtatov Ameriki. - Sputnik O‘zbekiston
Evo Morales: zamonaviy dunyoning tahdidi - bu AQSh
Shundan so‘ng Rodriges bir umr savdo flotida xizmat qilgan, hozir nafaqada. "Men juda ko‘p suzganman, Yevropada, Afrikada bo‘lganman. Taqqoslay olaman, — deydi u. — Ha, bizning maoshlarimiz katta emas (Statistika va axborot Milliy burosi ma’lumotlariga ko‘ra, Kubada o‘rtacha oylik 29 dollar 60 sentni tashkil etadi, — tahr.), lekin narxlar ham shunga yarasha juda past. Bizga yetadi! Bizda boshqa davlatlarda singari qashshoqlik yo‘q. Sizni ko‘chaga tashlab qo‘yishmaydi. Siz ochlikdan o‘lmaysiz. Tibbiyot haqida esa, sizga aytib berishgan bo‘lsa kerak".

"Biz o‘zimizga xos, alohida dunyoimizga egamiz. Va shaxsan meni hammasi qoniqtiradi", — xotima qiladi Rodriges.

Muammolar faqatgina Kubaning sotsialistik dunyosi atrofni o‘rab turgan kapitalistik haqiqatga to‘qnash kelganda boshlanadi.

Amerikaliklar orolni zabt etolmadi, kubaliklarni sanksiyalar bilan sindira olmadi, ammo mamlakatning xo‘jalik hayotida hozirda darz yuzaga keldi. Hukumat turizm orqali mablag‘larni o‘ziga jalb qilmoqda. Shu bois Kubada ikkita iqtisod yuzaga kelgan. Bittasi — oddiy, ikkinchisi — turistik. Hattoki valyuta ham ikkita: oddiy peso, va chet elliklar uchun konvertatsiya qilinadigan. Bir dollar uchun bu yerda bitta konvertatsiya qilinadigan yoki 25ta oddiy peso berishadi. Bu esa iqtisodiy shizofreniya hissini tug‘diradi.

Enrike Labos — salsa o‘qituvchisi va taksichi. Raqsdan u sayyohlarga dars beradi va ularni o‘zining yaltiroq eski kabrioletida olib yuradi.

"Men ikkitasini bilaman, ular chet elliklarga xuddi itlarga qaragandek qarashardi. Otelda ishlar edi ular. Bunday pullarni ko‘rganlarida, ko‘zlari yonardi, — deb hikoya qiladi Labos. — Va ular mamlakatdan ketishga qaror qilishdi. O‘ylashdiki, u yerda darhol boyib ketadilar. Lekin ular hozir hech kim. Mayamida idish yuvishadi".

Barak Obama va Raul Kastro - Sputnik O‘zbekiston
Raul Kastro Barak Obamaning "akalik" qilishiga yo‘l qo‘ymadi

Labosning o‘zi ketishni xohlamaydi. "Menga Kubada yoqadi. Men bu yerda yashashni istayman, shu yerdagi narx-navo va kafolatni xohlayman. Ammo maosh chet el fuqarolarinikidek bo‘lishi kerak", — kuladi u.

"Ikkita iqtisod muammosi — yangi davlat rahbari mana shu muammo bilan shug‘ullanishi kerak bo‘ladi, — deydi ishonch bilan Krus. — Bu ikki bo‘lakni bir-biriga ulash kerak. Va bu yerda oddiy yechim, afsuski. yo‘q. Dunyodan yopilib bo‘lmaydi. Bu hech qayerga olib bormaydigan yo‘l. Lekin haddan ziyod tez ochilish ham xavfli, hammasini barbod qilib, qo‘ldan boy berish mumkin".

Hozircha Kubaning yangi rahbari Migel Dias-Kanel mamlakat aholisiga "sotsialistik yo‘ldan qaytmaslik" va "Kastro va Che Gevara yo‘lidan borishda" davom ettirish va’dalarini bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0