TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Kuba rahbarii Fidel Kastro vafoti munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kuba Davlat Kengashi raisi Raul Kastroga qo‘ng‘iroq qildi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.
Suhbat davomida Vladimir Putin “Fidel Kastro o‘z Vataniga fidokorona xizmat qilgan patriot, Kuba halqi muhabbatini va xalqaro hamjamiyat hurmatini qozongan yorqin siyosiy arbob bo‘lganligini” aytib o‘tdi.
Shuningdek, prezident Rossiya va Kuba do‘stligi va xalqaro maydondagi strategik hamkorligi qad ko‘tarishiga Fidel Kastroning hissasi ulkan bo‘lganligini ham ta’kidladi.
“Raul Kastro Rossiya prezidentiga hamdardlik so‘zlari uchun minnatdorchilik bildirib, uni Kuba bundan keyin ham o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasligiga va Rossiya bilan har tomonlama hamkorlk munosabatlarini rivojlantirishiga ishontirdi”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, kecha 26-noyabr kuni Kuba revolyutsiyasining "otasi", mashhur Fidel Kastro vafot etgan edi.