TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Fidel Kastro xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun kubaliklar dushanba kuni tong sahardan Gavanadagi Inqilob maydonida to‘plana boshladilar.
Maydonga kelganlarning qo‘llarida gazetadan qirqib olingan suratlar va gullar bor edi.
Maydonda tibbiyot hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari navbatchilik qilishdi.
Komandante xoki solingan idish 30-noyabrdan 3-dekabrga qadar butun mamlakat bo‘ylab, ya’ni 1959-yilning yanvarida Fulxensio Batista diktaturasiga chek qo‘yilgan kunda Fidel Kastro boshchiligidagi Ozodlik Karvoni tarixiy marshi teskari yo‘nalishi bo‘ylab olib o‘tiladi.
Kuba inqilobi yetakchisining dafn marosimi 4-dekabr kuni Santyago-de-Kuba shahrida o‘tkaziladi, Fidel Kastro "Santa Ifigeniya" qabristonida dafn etiladi.