"Pulning hidi bo‘lmaydi"mi yoxud eshak go‘shti sotuvchilariga xat

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qiziq, to‘kinchilik bo‘lgan sari eshak va o‘limtik go‘shti xaridorgir bo‘lib bormoqda!

Keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalarida eshak go‘shti va o‘limtik sotish bilan bog‘liq turli xabarlar ko‘zga tashlanmoqda.

Xo‘sh, jamiyat nega bu darajaga tushib qoldi? Nega aldab-suldab bir-birimizga harom-harish yedirmoqdamiz?

Dastlab, vaziyatning huquqiy holati haqida so‘zlashsak — birovga aldab, eshak go‘shti yedirish jinoyat emas, eshak so‘yish ham jinoyatga kirmaydi (ma’muriy huquqbuzarlik sifatida baholanishi mumkin va shunga yarasha jarima qo‘llaniladi). Shuning uchun ham ko‘pchilik «nega xalqqa harom-harish yedirganlarga jazo yo‘q?» deganday malomat bilan yuribdi.

Farg‘onada tamaddixonalarga eshak go‘shti yetkazib bergan shaxslar qo‘lga olindi

Albatta, agar eshak o‘g‘irlangan bo‘lsa, o‘zganing mulkiligi aniqlansa yoki uning go‘shtidan odamlar zaharlansa unda jinoyat sifatida talqin qilinishi mumkin. Bu ishlar mulk (bu o‘rinda eshak) egasining rozi-rizoligi bilan bo‘lgan bo‘lsa, jinoyat emas.

Hozircha esa bu ishga qo‘l urganlar. Jamoatchilik nafrati va arzimas jarimaga duchor bo‘ladi, xolos.

Albatta, agar yuzakiroq qarasangiz solsangiz, jamiyat uchun bu katta fojia ham emasday. Lekin bu holat yakka hola yuz berayotgani va bir-ikki shaxs bilan barham topayotgani yo‘q.

… Samarqand viloyatda bozordan eshaklar xarid qilib, so‘yib, terisini sotishgani (go‘shtini nima qilishgan?!) haqidagi xabar, Qashqadaryoda o‘limtiklar bilan eshaklarning go‘shtini yig‘ib sotishgani, Farg‘onada eshak so‘yib, go‘shtga topshirish holatlari…

Bu huquq-tartibot organlariga aniq bo‘lgan ma’lumotlar. Huquq amaliyotidan ma’lumki, ayrim jinoyatlarning katta miqdori yashirin, latent bo‘lib, jabrlanuvchi tomon shikoyat qilmasa, ular huquq-tartibot organlarigacha yetib kelmaydi. Ya’ni aniqlanmaydi. Shundan chiqib, yuqoridagi kabi holatlarning (ularning ayrimlarini hatto jinoyat, deb ham atash mumkin emas) qanchasini yashirinini tashkil qiladi — aytish mushkul.

Lekin aniq bilamizki, har birimiz ushbu holatning jabrlanuvchisiga aylanishimiz mumkin.

Masnaya produksiya na prilavke - Sputnik O‘zbekiston
"Eshak go‘shti voqeasi": kimdir kolbasa yemaslikka ahd qildi, kimdir esa bunga ishonmayapti

Jamiyatda eshakni so‘yishga, uning go‘shtini sotishga, ovqat qilib, odamlarga tarqatishga tayyor odamlarning mavjudligi va ularning ko‘pligi kishini hushor torttiradi. Bu insonlarning qanchalar tubanlashganini ko‘rsatadi, xolos. O‘zi azaldan eshak go‘shtini yeyish noma’qul sanalgan… Eng ocharchilik zamonlardayam, hatto odamlar ochdan o‘layotgan paytlarda ham hech kim eshak go‘shtini yemagan. Bu taqiq har qanday jazodan ham qattiqroq bo‘lib unga qat’xiy amal qilishgan. Qo‘rqishganidanmi? Yo‘q… Ishonishgan, harom-harish insonlarni yaxshilikka olib kelmasliginga ishoishgna.

Bugun, to‘kinchilik bo‘lib, hammaning yegani oldida bo‘lib turgan paytda, bunaqa gap-so‘zlar…

Albatta, bu haqda nasihatomuz so‘zlarni bitib, ko‘plab megabaytlarni isrof qilish mumkin… Lekin mensiz ham bu ishning noma’qulligini hammamiz bilib, anglab turibmiz. Bu ishga qo‘l urganlarni ishi noma’qulliginiyam tushunamiz, ular bir-ikki "ay-yay-yay" bilan qutilib ketishiniyam bilamiz.

Faqat kishini o‘yga cho‘mdiradigani, hayratlantiradigani: nega bunchalar vahshiylashib, ma’naviyatimiz qashshoqlashib bormoqda?

Buning ildizi o‘sha — moddiy manfaatdorlik, pul uchun har baloga tayyor turishga borib taqaladi.

«Sen aslida yegan ovqating», degan aqida ham bor, eshitgan bo‘lsangiz. Kishining ongi, dunyoqarashi, yurish-turishi yegan ovqatga qarab shakllanadi. Endi tasavvur qiling, biz qachon, qayda va qachondan buyon eshak go‘shti yeb yotibmiz? Shu darajaga borib yetganimizga qaraganda, bunga ancha bo‘lgan-ov…

Qolaversa, gap eshak go‘shti, uni iste’mol qilishda ham emas.

Kolbasnoe proizvodstvo.Uchastok farshesostavleniya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi kolbasa sexida eshak go‘shti ishlatilganligi aniqlandi

Odam Ato va Momo Havoning jannatdan quvilishi hodisasini bilamiz. Buning sababi oddiy — taqiqlangan narsani totib ko‘rishgan. Bu oddiy bir taqiq edi, lekin jannatdan quvilishdi.

Kishilik jamiyati taqiqlar ustiga qurilgan. Taqiq — mana jamiyatning mezonlarini belgilab, tutib turuvchi vositalardan biri nima. Insonning ma’naviy darajasi aslida taqiqlarga qay darajada amal qila olishida ko‘rinadi.

Bugun eshak go‘shtini iste’mol qilayotgan ekanmiz va buni bizga majburlayotganlar yengil jazo bilan qutilib ketayotgan, qolganlar ularning bu qilig‘ini "ha, tirikchilik, pul topmoqchi bo‘lgan-da" deb oqlashga urinayotgan ekan, qolaversa, kelib chiqishinini so‘ramay-surishtirmay, boylik to‘plagan har kimsaga sig‘ina boshlagan ekanmiz, jamiyatning inqirozi boshlanmadimikin, deb cho‘chib qoladi, kishi.

Jamiyatda faqat halol boylikkina ulug‘lanishi, nopok yo‘l bilan topilganlari keskin qoralanishi lozim (afsus, hozir buning farqiga bormay qo‘ydik, oqibat esa bu).

Bir paytlar, qadimgi Rimda, imperator Vespasian pullik jamoat hojatxonalarini ochib, tijorat qila boshlaganda, o‘g‘li unga bu ishi uchun malomat qiladi. Shunda imperator qo‘liga hojatxona tijoratidan tushgan pulni olib, hidlaydi va o‘g‘liga ham hidlatadi.

Samarqandda eshaklar qabristonini vujudga keltirganlar ustidan sud bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda eshak so‘ygan "biznesmenlar" sud qilindi

— Hidi bormi?— so‘raydi imperator.

— Yo‘q, — deydi o‘g‘li.

— Ko‘rding, pul sasimaydi, uning hidi yo‘q, — deydi Vespasian.

"Pulning hidi bo‘lmaydi", degan ibora o‘shandan qolgan.

Xalqimizda yomon odamlar haqida «halol-haromni tushunmaydi», degan gap yuradi. Pul topishda xuddi shu holat yuzaga keldi va barchamiz bugun «pulning hidi yo‘q» degan aqidaga amal qilamiz.

Holbuki uning hidi bo‘ladi. Buni hech bo‘lmasa, bugun bilib-bilmay eshak va o‘limtiklar go‘shtini yeya boshlaganimizdan keyin farqlashimiz kerak. Aks holda o‘sha noshar’iy jonzodning go‘shti — bu hammasini debochasi bo‘lishi mumkin. Hech bo‘lmasa qadimgi Rimning ma’naviy inqirozi ko‘zimizni ochishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0