TOShKENT, 23 mar – Sputnik. Farg‘onada umumiy ovqatlanish muassasalariga eshak go‘shti yetkazib bergan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar berdi Uznews.uz.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi axborot-tahliliy multimedia markazining xabar berishicha, Farg‘onada keyingi vaqtda eshak go‘shti haqida tarqalgan mish-mishlar o‘z isbotini topgan.
Xabarda aytilishicha, bu haqdagi ko‘rsatuv bugun 23-mart soat 18:00da "O‘zbekiston 24" telekanalida namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroqToshkentning Olmazor tumanida joylashgan "GOLD PREMIUM PRODUCT" MChJga qarashli "Sharshara" nomli go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishchilari tomonidan eshak go‘shti boshqa go‘sht mahsulotlariga qo‘shilganligi aniqlangandi.