Toshkentdagi kolbasa sexida eshak go‘shti ishlatilganligi aniqlandi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishKolbasnoe proizvodstvo.Uchastok farshesostavleniya
Kolbasnoe proizvodstvo.Uchastok farshesostavleniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga 69,6 kg eshak go‘shti "Sharshara" go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga o‘tkazish uchun olib kelinganligi aniqlangan

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan "GOLD PREMIUM PRODUCT" MChJga qarashli "Sharshara" nomli go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishchilari tomonidan eshak go‘shti boshqa go‘sht mahsulotlariga qo‘shilganligi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, tezkor tadbir davomida Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga 69,6 kg eshak go‘shti "Sharshara" go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga o‘tkazish uchun olib kelinganligi aniqlangan hamda sexda mavjud bo‘lgan 275 kg go‘sht mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Tegishli mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan go‘sht mahsulotlari iste’molchilarning sog‘ligi va hayoti xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan zarur tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0