Jamiyat

“Kozyol”mi yo qonun himoyachisi?

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda, jinoyatni fosh etishda yordam bergan fuqaroga pul mukofoti berilishi haqidagi qonun, ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Koʻpchillik bu borada salbiy fikrga ega ekani maʼlum boʻldi...

TOSHKENT, 11 yanv – Sputnik. Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Fuqarolarni jinoyatchilikka qarshi kurashda ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida gi nizomga koʻra, jinoyatchini tutishda yordam bergan fuqaroga 3,5 mln soʻmgacha mukofot puli berilar  ekan.

Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda jinoyatchini ushlab berganlarga katta miqdorda mukofot beriladi

Bugun ushbu xabar Facebookdagi “Xalq bilan muloqot” guruhida eng faol muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi.

Qoldirilgan izohlarga koʻra, foydalanuvchilaring 90% jinoyatni oldini olish va uni fosh etishga qaratilgan ushbu faoliyatni keskin qoralagan. Ularning fikricha biror qonunbuzarlik yoki jinoyat haqida xabar bergan fuqarolar “kazyollar”, “sotqinlar”, “quloqlar” va boshqa yomon va haqoratli soʻzlarga loyiq kishilardir.

Undan tashqari, ayrim foydalanuvchilar xabar bergan fuqarolardan keyinchalik oʻch olinishi mumkinligiga ham shama qilgan. Xususan, guruh aʼzolaridan biri “Pavlik Morozovlar koʻpayar ekan-da” deb yozgan. Boshqasi esa, “Qotilliklar soni keskin oshadi”, degan. (Pavlik Morozov – oʻz boyligini yashirganlar haqida sovet hukumatiga xabar bergani uchun oʻrmonda yashirincha oʻldirilgan yosh bola)

Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik Oʻzbekiston
2017 yilda Samarqandda sodir etilgan har beshinchi jinoyat ochilmay qolgan

Shu oʻrinda dunyo tajribasiga nazar solsak, AQShda bunday qonun bir asrdan beri amal qilib kelmoqda va jamiyat uchun uning natijasi faqat ijobiy boʻlgan. Yevropa mamlakatlarida ham shu kabi qonunlar bor. Rossiyada bunday xabarlar uchun 500 ming rublgacha mukofot belgilangan.

Xoʻsh, Oʻzbekistonda, jinoyatni oldini oldishga yordam bergan kishiga nisbatan nega bunday munosabat bildirilmoqda?

Birinchidan, bunday dunyoqarash bizning jamiyat ongida sobiq Ittifoqdan qolgan “meʼros”lardan  biri desak adashmaymiz. Balkim bunga qatagʻon yillaridan qolgan qoʻquv sababchidir. Lekin, bizningcha, koʻproq hozirgacha ayrim davralarda obroʻsi baland boʻlgan “vorovskoy zakon”lar taʼsiri – yaʼni oʻgʻrilarning yozilmagan qonun va qoidalari sabab boʻlsa kerak.

Ikkinchidan, Mustaqillik yillarida ham huquqni saqlash organlari va sud-huquq tizimida kuzatilgan koʻplab kamchiliklar, nohaqliklar, yolgʻon va tuhmatlar asosida fuqarolar qamalish hollari boʻlgani tufayli, sud-huquq tizimga boʻlgan ishonchsizlik ham sabab boʻlsa kerak.

Qurilish - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh prokuratura arzon uylarni sotib olishda firibgarlikka yoʻl qoʻyilganini tasdiqladi

Bugungi kunda, yuqoridagi ikkala sababning ham dolzarbligi yoʻqolgan. Xudoga shukurki, “qonundagi oʻgʻri”lar jamiyatni boshqargan davrlar ham, prokurorlar ham xonu ham bek boʻlgan davrlar ham – ortda qoldi. Lekin koʻpchillik zamon oʻzgarganini payqamasdan, haligacha inertsiya boʻyicha yana eskicha qoʻrquvlar asosida fikr yuritmoqda va boshqalarni ham shunga ishontirishga, kezi kelsa qoʻrqitishga harakat qilmoqda.

Vaholanki, ana shunday xabarlardan biri bir kun kelib ularning oʻzlarini yoki oila aʼzolarining hayotini, mulkini saqlab qolishi mumkinligi yoki boshqa biror mudhish jinoyatning oldini olishi mumkinligi – ularning esiga kelmaydi.

Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi, agar kishi halol mehnat bilan oila boqsa, xalq va jamiyat oldda vijdoni pok boʻlsa, birovning ham davlatning ham haqqini yemasa – ushbu yangi qonun unga qanday xavf solishi mumkin? Yoki nimasi bilan unga yoqmasligi mumkin?

Lekin doimiy ravishda qonunni buzib kelayotgan, noqonuniy biznes yuritayotgan, katta-kichik jinoyatni oʻziga odat qilib olgan kishilarga, poraxoʻr amaldorlarga – albatta, bu qonun yoqmaydi.

Militsiya xodimi - Sputnik Oʻzbekiston
Nazoratning kuchaytirilishi jinoyatchilik pasayishiga olib kelmasligi rasman tan olindi

Biz chin dildan umid qilamizki, Oʻzbekiston aholisi orasida bundaylarning soni kam va ushbu yangi qonun faqatgina jinoyatlarning oldini olishga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.

Qolaversa, yangi qonunning asosiy maqsadi, biror kimni boy qilish emas, aslida Hukumat — kelinglar, jinoyatchilikka qarshi barchamiz bir jonu bir tan boʻlib kurashaylik, demoqchi. Jinoyat haqida xabar bergan kishi  “quloq” yoki “kozyol” emas, aksincha oʻz burchini yaxshi tushungan fuqaro, qonun himoyachisi demoqchi.

Yangiliklar lentasi
0