Nazoratning kuchaytirilishi jinoyatchilik pasayishiga olib kelmasligi rasman tan olindi

© Ilya VarlamovMilitsiya xodimi
Militsiya xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyat va boshqa huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda texnika vositalaridan foydalanish, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs ustidan nazoratni kuchaytirish kabi an’anaviy chora-tadbirlar jinoyatchilik darajasini kamaytirishda har doim ham kutilgan natijalarni bermayapti

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidentning 10-apreldagi "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga rasmiy sharhda bu haqda so‘z boradi.

Uzbekskaya militsiya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar organlari qayta tashkil qilinmoqda
Sharhda qayd etilishicha, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida ichki ishlar organlarini jazolovchi, nazorat qiluvchi organdan xalq, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiladigan tuzilmaga aylantirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirildi. Biroq Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili ichki ishlar organlari faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va tubdan takomillashtirish zarurligidan dalolat bermoqda.

Farmonda bu kabi muammo va kamchiliklarni hal etish uchun ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Xususan, ichki ishlar organlarini aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional xizmatga aylantirish zarurligi, "Xalq manfaatlariga xizmat qilish" har bir xodimning asosiy xizmat burchi ekani qayd etildi.

Shuningdek, Farmonda barcha bo‘g‘indagi xodimlarning asosiy vazifalarini oqilona taqsimlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan, aholi bilan doimiy manzilli muloqot o‘rnatish, ichki ishlar organlari rahbarlarining hokimiyat vakillik organi timsolida xalq oldida hisobot berish amaliyotini joriy qilish, ichki ishlar organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash kabi asosiy yo‘nalishlar alohida belgilab berilgan.

O‘zbekiston IIB xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev militsiya faoliyatidan keskin norozi
Sharhda qayd etilishicha, farmon ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlarning yangi bosqichini boshlab beradi. Uning ijrosini ta’minlash qonun ustuvorligiga erishish, huquqbuzarliklar profilaktikasini o‘z vaqtida amalga oshirish, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi, pirovard natijada esa fuqarolar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida ichki ishlar organlari butun tizimi va har bir xodim faoliyati samaradorligi oshadi.

Farmonga berilgan rasmiy sharhdan iqtiboslar:

"Kadrlar bilan ishlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi qoniqarli darajada emasligi ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud kamchilik va muammolar sabablaridan biridir".

"Tizimga bilimli, o‘z ishiga sodiq va mas’uliyat bilan yondashadigan, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni o‘zining muqaddas burchi hamda asosiy majburiyati deb biladigan kadrlarni jalb qilishga yetarlicha e’tibor berilmayapti".

"Pasport tizimi talablarini amalga oshirish, xorijga chiqish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va bo‘lish qoidalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha ham muammolar mavjud. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining aholi ko‘p murojaat qiladigan tuman (shahar) bo‘limlarida ish hajmining to‘g‘ri taqsimlanmaganligi sababli noqulayliklar va sansalorliklar yuzaga kelmoqda. Ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish zarurligi e’tiborga olinib, ushbu yo‘nalishda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tashkil etiladi".

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Militsiya xodimlarining o‘zi qonunni buzib tursa, oddiy odamlar qayerga borsin?
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni talablari yetarli darajada bajarilmayotgani ko‘p jihatdan asosiy vazifasi murojaatlar bilan ishlash hisoblangan aniq tarkibiy tuzilmaning yo‘qligi bilan bog‘liqdir. Buning oqibatida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda".

"Ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, profilaktika inspektorlarining aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazmayotganligi va jamoatchilik bilan hamkorlik qilmayotganligi sababli aholining muammo hamda tashvishlaridan xabardor emasligi tizimning eng asosiy vazifasi hisoblangan profilaktika ishlarida jiddiy kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda".

"Ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga yetarlicha e’tibor bermaslik, befarqlik, ishga yuzaki munosabatda bo‘lish va rasmiyatchilik, aholi bilan muloqot qilish madaniyatining pastligi, afsuski achchiq haqiqatdir. Oqibatda bunday vaziyatdan norozi bo‘lgan fuqarolar yuqori tashkilotlarga shikoyat qilmoqda".

Yangiliklar lentasi
0