Bosh prokuratura arzon uylarni sotib olishda firibgarlikka yo‘l qo‘yilganini tasdiqladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishQurilish
Qurilish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Shayxontohur, Chilonzar va Yakkasaroy tumanlarida bu borada mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Tegishli komissiyalar mas’ullari uy-joy ajratish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatli vazifani to‘laqonli bajarmagan

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Rahimova O‘zbekiston axborot agentligi muxbiriga arzon ko‘p qavatli uylardan kvartira sotib olishda firibgarliklarga yo‘l qo‘yilgan holatlar bo‘lganini tasdiqladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovim - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: shifokorning ham, muallimning ham farzandlari bor, axir
Rahimova Toshkent shahrida qurilayotgan uy-joylarni taqsimlashda ayrim qonunbuzarliklar uchragani bilan bog‘liq xabarlarda jon borligini tasdiqlagan.

"Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan qurilayotgan arzon uy-joylarni taqsimlash jarayonini o‘rganishga oid tekshirish o‘tkazildi. Bu jarayonda Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish, ya’ni ish joyi va oylik maoshiga oid hujjatlarda yolg‘on ma’lumotlar aks ettirish kabi holatlar aniqlandi", — degan u.

Ta’kidlanishicha, Shayxontohur, Chilonzar va Yakkasaroy tumanlarida bu borada mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Tegishli komissiyalar mas’ullari uy-joy ajratish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatli vazifani to‘laqonli bajarmagan.

Kottej tipida qurilayotgan uylar - Sputnik O‘zbekiston
Arzon uylar nechchi balli zilzilaga bardosh beradi?
Shuningdek, ayrim shaxslar fuqarolarga arzon ko‘p qavatli uylardan kvartira olib berishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan pulini olgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Sputnik O‘zbekiston muxbiri ushbu masala yuzasidan Bosh prokuratura matbuot-xizmati bilan bog‘langanida, prokuratura vakili bu masala bo‘yicha tuman prokuraturasiga murojaat qilish lozimligini ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0