TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Endilikda Oʻzbekistonda jinoyatchini tutib berganga 3 million 500 ming soʻm toʻlanadi, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqinda qabul qilingan "Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorida aytilgan.
qasddan sodir etilayotgan jinoyatni toʻxtatishi va uni toʻliq fosh etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻmaklashishi;
fosh etilmagan jinoyat boʻyicha uni fosh etishga koʻmaklashuvchi dalillarni aniqlashi yoki uni sodir etgan shaxslar yoxud ularning qayerda ekanligi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishi natijasida jinoyatning fosh etilishi;
qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv eʼlon qilingan shaxsning yashiringan manzili haqida xabar berishi, uni ushlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻmaklashishi;
bedarak yoʻqolgan shaxs haqida bergan maʼlumoti asosida uning aniqlanishi;
Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantirish tegishli idoralararo komissiyalar tomonidan quyidagi miqdordagi toʻlovlarni toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi:
tuman (shahar) idoralararo komissiyalari — eng kam oylik ish haqining oʻn baravarigacha;
Respublika idoralararo komissiyasi — eng kam oylik ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda.
Fuqarolar va jamoat tashkilotlarining vakillari huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq davlat mukofotlariga ham tavsiya etilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, jinoyatchilarni tutganlarga mukofot berish anʼanasi koʻproq Gʻarb davlatlarida keng tarqalgan.