O‘zbekistonlik xotin-qizlar masalasi Alla Pugachovaning qo‘lidami?

© AP PhotoUzbekskie jenshini beseduyut na ulitse
Uzbekskie jenshini beseduyut na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining "Shu qo‘mita kerakmi o‘zi?" degan savoliga o‘zbekistonliklardan "ayollarga yordam bermaydigan qo‘mitaning keragi yo‘q" degan javoblar yangramoqda

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy majlis senati va qonunchilik palatasi a’zolariga murojaatnoma yo‘lladi. Prezident O‘zbekistonning yangicha qiyofasini shakllantirish bo‘yicha eng muhim fikrlarni o‘z ichiga olgan 4 soatlik nutqi avvalida mamlakatdagi xotin qizlar masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tanzila Narbayeva – zamestitel premyer-ministra Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Norboyevani qattiq tanqid qildi
O‘zbekiston rahbari xotin-qizlar masalasi bo‘yicha qarorga qo‘l qo‘ya olmayotganini aytar ekan, joylarda ayollarni ahvoli juda og‘irligini, joylardagi raislar oddiy ayolning dardini bilolmayotgani, ayollar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari soat sayin oshayotganini ta’kidladi.

Mirziyoyev Xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva mana shu holat haqida bong urmayotganiga to‘xtalar ekan, shu qo‘mita kerakmi-yo‘qmi degan masalani o‘rtaga tashladi. Modomiki kerak ekan, uning faoliyati qay yo‘sinda bo‘lishi kerak, shu haqda yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerakligini qo‘shimcha qildi.

Prezidentning ushbu so‘zlari internet tarmog‘ida, xususan, "xalq bilan muloqot" guruhida o‘zbekistonliklar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.

"Chekka qishloqlarda yurishni qo‘ya turaylik… oldiga o‘z muammosi bilan kelganlarni hech bo‘lmasa tinglab, rasmiyatchiliklarni chetga surib hal qilishga kirishsayam, biz xursand bo‘lamiz", — deb izoh qoldirgan Dilfuza Baymirova.

Mudhish jinoyat: farg‘onalik erkak Rossiyadan qaytgan xotini va o‘g‘lini chopib tashladi
"Muammoni qayerdaligini bilmaydi ular. Bu uchun chekka-chekka joylarda yashayotgan ayollarning hayoti bilan tanishishi kerak! Ular esa kabinetda o‘tirib bir nimalarni hal qilmoqchi bo‘lishadi", — degan Latofat ismli ayol.

Zulfiya Iskandarova ismli foydalanuvchi esa qo‘mita kerak emasligini bayon etgan.

"Xotin-qizlar kumitasi haqiqatda kerakmas qo‘mita, uning o‘rniga oilaviy muammolarni yechishga qaratilgan qandaydir ijtimoiy tashkilot kerak", — degan ayol.

Jinoyatchining qo‘lga olinishi - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda er o‘z xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi
Prezidentning yuqoridagi gaplariga nafaqat ayollar, balki erkaklar ham o‘z fikrlarini bildirishgan.

Xususan, Aleksandr Rustamov Xotin-qizlar qo‘mitasi hech qanday naf bermayotganini bildirgan.

"Bu qo‘mitadan foyda yo‘q. Turmush yo‘ldoshim noqonuniy ishdan haydalgani uchun murojaat qilgan, ammo javob ham kelmadi", — deb yozgan u.

Internet foydalanuvchilarining aksariyati Qo‘mitada ishni bilmasa ham "yuqoridan qo‘yilgan" ayollar o‘tirishini aytib, o‘z noroziliklarini bildirishgan.

"Alla Pugachovaning Kavkazda 3 soatlik konsertdan keyin ovozi chiqmay qolib charchadim, konsertni tugataman deb turganida kavkazlik tomoshabinlar: "Allochka ti po ssene tuda xodi — suda xodi, pet ne obazatelno" degani esimga tushib ketdi", — qo‘mitada "shunchaki" o‘tiradigan "raislar" haqida fikr bildirgan Narimmat Yo‘ldoshev.

"Maxalla maslahatchisini asosiy vazifasi xar kuni oilalar bilan, xotin-qizlar bilan ishlash: nochor oilalarga yordam berish, sharoit yaratish, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish unga yo‘naltirish. Lekin maslahatchilar majlisma majlis yurishadi, oilalar bilan ishi yo‘q, raislar o‘rniga ham majlisga boradi, qog‘ozbozlik bilan shug‘ullanadi", — deb izoh qoldirgan Farida.

Zebo Haydarova qachonki xotin-qizlar qo‘mitasi faqat o‘zining ishi bilan shug‘ullansa, hammasi joyiga tushishini bildirgan.

O‘zbekiston xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Xotin-qizlar raisi: aksariyat oilalar arzimas sabablar tufayli ajrashgan
"Ammo hokimlar ularga topshiriqlarni yuklagandan keyin, o‘sha ishni birinchi bajaradida. Paxta mavsumida ko‘ring, xasharchilarni ro‘yxatga olish, otradlarni shakllantirish, terimchilarni rag‘batlantirish, barcha ishlar shularning bo‘ynida. Kuni bo‘yi dalada yursa, qachon kimning xonadoniga kirib, qizlar bilan suhbat qiladi? Xotin-qizlar qo‘mitasining aniq belgilangan vazifasi bo‘lishi kerak, qishloq xo‘jaligi ishlarini o‘z egalariga topshirish kerak", — deb yozgan Zebo Haydarova.

Aksariyat internet foydalanuvchilari qo‘mitaning keragi yo‘q, degan fikrni bildirgan bo‘lsalarda, prezident tanqididan keyin qo‘mitalar faoliyati faollashib qolar, deya umid bildirganlar ham yo‘q emas. 

Yangiliklar lentasi
0