TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Bu mudhish jinoyat butun Farg‘ona ahlini larzaga solgan.
"I. ismli erkak o‘z xotini va kenja o‘g‘lini chopib tashlab, so‘ngra ularni molxonaga ko‘mgan va butun uyga o‘t qo‘ygan. Ehtimol u shu orqali o‘z jinoyatini yashirmoqchi bo‘lgan", — deb xabar qildi voqeaga guvoh manba Sputnik O‘zbekiston nashriga.
Manbaning so‘zlariga qaraganda, marhuma o‘z o‘g‘li bilan yaqinda Rossiyadan qaytgan.
"Rossiyaga ketgunlariga qadar kelishmovchiliklar tufayli er-xotin alohida yashay boshlashgan edi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib ayol kenja o‘g‘lini olgancha Rossiyaga ishlashga jo‘nab ketdi. Patent narxi ko‘tarilgach, ayol yana ortga qaytdi. Eri bilan yarashib birga yashay boshlagan edi. Hatto kenja o‘g‘liga non sindirib, kelin tushirishlariga atigi 3 kun qolgandi, xolos", — deb xabar qildi suhbatdosh.
Manbaning so‘zlariga qaraganda, qotillikda gumon qilinayotgan erkak hibsga olingan, ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.