O‘zbekiston Xotin-qizlar raisi: aksariyat oilalar arzimas sabablar tufayli ajrashgan

© podrobno.uzO‘zbekiston xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva
O‘zbekiston xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar asosan - uy-joy yetishmasligi, oilaviy hayotga tayyor emaslik va ishga joylashish singari muammolarga duch kelishmoqda

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva mamlakatda so‘nggi yillarda kuzatilayotgan ajrimlarning asosiy sabablariga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar qildi Podrobno.uz.

Internetda ko‘p xotinli "boylar" mavzusi qizg‘in muhokama qilinmoqda
O‘zbekiston respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar asosan — uy-joy yetishmasligi, oilaviy hayotga tayyor emaslik va ishga joylashish singari muammolarga duch kelishmoqda.

"Biz yo‘l qo‘yayotgan xatolardan biri — bu turmush va oilaviy hayot to‘g‘risida, faqat balog‘at yoshiga yetkanimizdan keyin gapirishni boshlaymiz. Oilaga — bolalikdan, bog‘cha yoshidan, maktab davridan tayyorlab borish kerak", — deb aytgan Norboyeva xalqaro press-klub yig‘ilishida so‘zlagan nutqi davomida.

Norboyeva, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev 30-iyunda "Kamolot" YoIH qurultoyida ajrimlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tganini qayd etgan va prezident ham yoshlar orasida ajrimlar yuqoriligini taassuf bilan tilga olganini qo‘shimcha qilgan.

"Qizlarimizning aksariyati ZAGSga ariza tashlagandan keyin pazandalik va shunga o‘xshash kurslarga qatnashni boshlashadi. Bunday ishlarni oldinroq boshlash kerak. Biz butun respublika bo‘ylab ajrim holatlarini o‘rganib chiqdik va oilalarning yarmini saqlab qolsa bo‘lardi, degan qarorga keldik. Aksariyat oilalar arzimas sabablar tufayli ajrashib ketgan", — deb aytgan Norboyeva.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevdan bo‘lajak qaynonalarga maslahat
Bosh vazir o‘rinbosari, shuningdek, bir uyda ikki-uchtalab oilalar istiqomat qiladigan holatlar ham uchrayotganini qayd etgan. Xotin-qizlar raisining so‘zlariga ko‘ra, bu singari holatlar ham yoshlar hayotini murakkablashtiradi va juftlikni ajrashishga olib keladi.

O‘zbekistonda arzon uylar qurilishi dasturi yosh oilalarning o‘z uyiga ko‘chish masalasini hal qilishga qaratilgan, deb aytgan Tanzila Norboyeva.

"Yana bir masala yoshlarning ishga joylashuvi bilan bog‘liq. Bu ham ajrimga yetaklovchi sabablar qatoriga kiradi. Ayni vaqtda mamlakatda tadbikorlik sohasiga keng e’tibor qaratilayotgani, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilinayotgan dasturlar, o‘ylaymanki, ma’lum vaqtdan so‘ng o‘z mevasini berishni boshlaydi", — qo‘shimcha qilgan Norboyeva.

Yangiliklar lentasi
0