TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Andijonda er o‘z xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi, deb xabar qildi "Andijonnoma" nashri.
Xabarda aytilishicha, 2017-yil 16-sentabr kuni kechki 22.30 larda, Jumabozor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi uyda 1975-yilda tug‘ilgan Hojiniso Kenjaboyevaning jasadi aniqlangan.
Murdaning bo‘yin sohasida qizarishlar borligi kuzatilgan.
O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ayol bo‘yni qattiq to‘ntoq jism bilan qisilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfeksiya natijasida vafot etganligi ma’lum bo‘lgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni ayolning turmush o‘rtog‘i 1975-yilda tug‘ilgan Qahhorov Husan sodir etganligi aniqlangan.
U viloyat IIB xodimlari tomonidan shahar hududidan ushlangan va shahar IIB VSXga joylashtirilgan.
Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasining l-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.