O‘zbekistonda kadastr hujjati yo‘q uy-joy va yerlar to‘liq ro‘yxatga olinadi

© Sputnik / Akilbek BatirbekovJilie doma v jilom massive. Arxivnoe foto
Jilie doma v jilom massive. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. O‘zbekistonda kadastr hujjati yo‘q uy-joy va yerlar to‘liq ro‘yxatga olinadi hamda o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar va qurilgan uylar masalasini hal etish bo‘yicha qaror, dastur va grafik ishlab chiqib, amalga oshiriladi. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ana shu va boshqa masalalar bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat korxonasi yer uchastkasi bilan bog‘lik firibgarlik fosh etildi

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, yig‘ilishda "Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi rahbarlarining soha foliyatini takomillashtirishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Muhokamada yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida munosabatlarni kompleks tartibga solish, yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, ta’sirchan nazoratni ta’minlashda Qo‘mita rahbariyatida tashabbus yetishmayotganligi qattiq tanqidga olindi. Ushbu sohada hal etishni talab qiladigan ko‘plab muammolar borligi qayd etib o‘tildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda agrotexnik tadbirlar bajarilishi va shartnomada ko‘zda tutilgan ekinlarni to‘liq ekish ustidan tizimli monitoring o‘rnatilmagani oqibatida 833 ta fermer 13 ming gektarga paxta-g‘alla ekinlarini ekish uchun shartnoma tuzib, umuman ekmagan.

Zagotovka sena v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
Fermerlar uchun yangi qonun: yo ishla, yo yerni bo‘shat

Shuning uchun bosh vazir o‘rinbosari Zoir Mirzayevga yerdan samarali foydalanish, fermerlar tomonidan tuzilgan shartnomalar bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, yig‘ilishda davlat kadastr xizmati tomonidan 2016-2017 yillarda ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, aniqlangan hujjatsiz mol-mulkni ro‘yxatga qo‘yish ishlari ham to‘liq yakunlanmagani jiddiy ko‘rsatib o‘tildi.

Xususan, xatlovda 1 million 100 mingta uy-joyning hujjati 15-yildan ortiq vaqt mobaynida rasmiylashtirilmagani, 145 mingta ko‘chmas mulk obyektidan 15-yildan kam muddat mobaynida hech qanday hujjatsiz foydalanib kelingani, shuningdek, noqonuniy egallangan 8,5 ming gektar yerda va muhofaza zonalarida 67 mingta obyekt qurilgani aniqlangan.

Biroq, kadastr xizmati organlari, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu obyektlarning kadastr hujjatini tayyorlab, ular bo‘yicha mulk huquqini e’tirof etish, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarda qurilgan obyektni buzish yoki ularga egalik huquqini berish ishlari to‘liq yakunlamagani qattiq ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, 15-yildan ortiq vaqt foydalanib kelingan

Sxema rekonstruksii ulis - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat kadastrining geoaxborot bazasi yaratilmoqda

1,1 millionta uy-joydan 751 mingtasi yoki 68 foizi bo‘yicha kadastr hujjatlari tayyorlangani, ushbu ishlar nazoratdan chetda qolgani ta’kidlab o‘tildi.

Shundan kelib, chiqib bosh vazir o‘rinbosari Zoir Mirzayevga, "Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayevga hududiy hokimliklar bilan birga kadastr hujjati yo‘q uy-joy va yerlarni to‘liq ro‘yxatga olish, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar va qurilgan uylar masalasini hal etish bo‘yicha qaror, dastur va grafik ishlab chiqib, amalga oshirish topshirig‘i berildi.

Sohaga axborot kommunikatsiyalarini, jumladan ko‘chmas mulk hisobini yuritish bo‘yicha "yagona axborot tizimi" joriy qilish, soliq organlari bilan kunlik axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyevga xatlovga ko‘ra aniqlangan hujjatsiz uy-joy va yerlarni kadastr organlarida ro‘yxatga qo‘yish, ular bo‘yicha kadastr va soliq organlaridagi ma’lumotlar bazasi to‘liq bo‘lishi va yangilanib borishini ta’minlash uchun "Yergeodezkadastr" qo‘mitasi bilan hamkorlikda ish olib borish vazifasi yuklatildi.

Yer va mulkni ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish zarurligiga yig‘ilishda alohida urg‘u berildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jahon banki e’lon qilgan reytingda O‘zbekiston "mulkni ro‘yxatga olish" ko‘rsatkichi bo‘yicha 73-o‘rinda.

Bespilotniy letatelniy apparat - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda uchuvchisiz uchar qurilmalar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etiladi

Shuning uchun, "Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi Abdushukur Abdullayevga bir oy muddatda kadastr hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirishni "yagona darcha" orqali avtomatlashgan tarzda amalga oshirish, bu borada soliq va notarius idoralari bilan ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi topshirildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlarini va ekish ishlari nazoratini kuchaytirish maqsadida zamonaviy uchuvchisiz uchish apparatlari "dronlar"ni xarid qilish ishlarini yakunlash, uchuvchisiz uchish apparatlarini respublikaning o‘zida ishlab chiqarish maqsadida "Innovatsion markaz"ni tashkil etish yuzasidan qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0