TOShKENT, 13 dek — Sputnik. MXX tezkor xodimlari davlat korxonasiga tegishli bo‘lgan yer uchastkasi bilan bog‘liq firibgarlikni fosh etishdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
"Suvoqava" davlat shu’ba korxona mahalliy filiali muhandisi Xusan Jo‘rayev suv chiqarish inshooti joylashgan 12 sotixli korxona hududini 10 ming dollarga sotishga harakat qilgan. Bu haqda Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro arizasida ma’lum bo‘ldi.
"Jo‘rayev yer uchastkasini arizachining jiyani nomiga rasmiylashtirib berishiga va’da bergan. Bu xizmat evaziga 10 ming dollar so‘ragan. Muhandis pulni olayotgan paytda qo‘lga olingan", — deb ta’kidladi MXX vakili.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Xusan Jo‘rayevga nisbatan Jinoyat Kodeksining firibgarlik bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.