O‘zbekistonda davlat kadastrining geoaxborot bazasi yaratilmoqda

Sxema rekonstruksii ulis
Sxema rekonstruksii ulis - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda Davlat soliq qo‘mitasi bilan onlayn rejimda ma’lumotlar almashish yo‘lga qo‘yildi

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekistonda davlat kadastrlari ma’lumotlari asosida geografik axborot tizimi qatlamlari yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dilorom Rizayeva O‘zbekistonda davlat kadastrlari yagona tizimi yaratilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi, O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabari asosida.

Dilorom Rizayevaning so‘zlariga ko‘ra, bunday axborotlar bazasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, mahalliy hokimiyat, soliq organlari yuridik va jismoniy shaxslar uchun zaruriy ma’lumotlarni olishga xizmat qiladi.

Rabota geodezista - Sputnik O‘zbekiston
Elektron kadastr tizimi 2020-yilga qadar yaratiladi

"Davlat kadastrlari to‘g‘risida"gi qonunga asosan O‘zbekistonda 21 davlat kadastri yuritilmoqda. Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri, suv kadastri, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri, madaniy meros obyektlari davlat kadastri kabilar shular sirasidandir. Ularni yuritishda o‘n sakkiz vazirlik va idora hamkorlik qilmoqda.

Hozirda Davlat soliq qo‘mitasi bilan onlayn rejimda ma’lumotlar almashish yo‘lga qo‘yildi. Notarius idoralari bilan tajriba tariqasida joriy yilning yozidan Toshkent shahrida, 2018-yildan esa butun mamlakatimiz bo‘yicha ma’lumotlar almashila boshlanadi.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi 4 million 900 mingdan ortiq yer uchastkasidan qariyb 1 million 770 mingtasi hamda mavjud 5 million 590 mingta bino inshootidan 2 million 715 mingtasi davlat kadastrlari yagona tizimi geoaxborot bazasiga kiritilgan.

"Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2016-2017 yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan barcha ko‘chmas mulk obyektlari xatlovini o‘tkazmoqda.

Yangiliklar lentasi
0