Mirziyoyev bilan bir yil

© IA "Jaxon"Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyevning davlat rahbari etib saylanishi bilan bir vaqtda Toshkent shahrida qachonlardir va nima uchundir yopilgan yo‘llar qaytadan ochildi, buzilgan ko‘prik tiklandi. Bir qarashda buning katta siyosatga aloqasi yo‘qday, go‘yo! Aslida zamirida katta ma’no va ramziylik bor

Bundan roppa rosa bir yil burun O‘zbekistonda prezident saylovi o‘tkazilgan edi. Shavkat Mirziyoyev mana bir yildan buyon O‘zbekistonni boshqarib kelmoqda. Xo‘sh, shu kichik davrda prezident davlat boshqaruvida qanday o‘zgarishlarni amalga oshirib, nimalarga erishdi-yu, nimalarni nazardan qochirdi?

Aytish lozim, Mirziyoyevning davlat boshqaruv siyosati:

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov O‘zbekiston tashqi siyosatidagi yangi jihatlar haqida gapirdi
ichki siyosatda — xalq manfaatini ustuvor ko‘rishga va fuqaro erkinligini ta’minlashga;

tashqi siyosatda — inoq qo‘shnichilik va o‘zaro ishonch asosida manfaatli sherikchilikka yo‘naltirildi.

Yil davomida amalga oshirilgan barcha harakatlar, qilingan ishlar, chiqarilgan meyoriy hujjatlar, qaysidir ma’noda, shu ikki yo‘nalishni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Avvalambor, davlatchilik siyosatida misli ko‘rilmagan, hatto jahon miqyosida ham anchayin yangilik bo‘lgan xalq bilan muloqot tizimi yaratildi. Davlat qurilishidagi o‘zgarishlar aynan shu mezon asosida amalga oshirilmoqda. Ya’ni davlatning xalq oldida hisobdorligi va uning manfaatlari yo‘lida xizmat qilishi. Davlat boshqaruvining mahalliy hokimiyatga bo‘ysunmaydigan alohida tizimi — xalq qabulxonalari tashkil etildi.

Mamlakat ichki siyosatni yuritishda yil davomida amalga oshirilgan ishlarni shartli tarzda to‘rt yo‘nalishga bo‘lish mumkin. Bular xalqning:

— jismoniy salomatligini;

— tinchligi, erkinligi va osoyishtaligini;

— yuksak ma’naviyatini;

— iqtisodiy barqarorligini ta’minlash.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Bosh prokuraturaga dorilar narxini nazorat qilishni buyurdi
Prezidentlikning dastlabki oylarida dori-darmon sohasini tartibga solish to‘g‘risida hujjat qabul qilindi, so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘zgarishlar amalga oshirildi, mamlakatda dori-darmon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida bir-necha erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi.

Huquq-tartibotni mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratildi. Shu yil 7-yanvar kuni prokuratura organlari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi, 10-aprel kuni ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan Farmon imzolandi. Unga asosan ichki ishlar tizimini tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy baza deyarli qaytadan ishlab chiqildi va e’lon qilindi. Sohada tub islohotlar amalga oshirildi.

Aholining bilimi, ma’naviyatini oshirish maqsadida yil boshida kitob savdosini rivojlantirish, aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish borasida hujjat imzolandi. Keyinchalik ham Prezident yuksak minbarlardan turib, bir-necha bor xalqni kitobxonlikka chorladi. Yil o‘rtalariga kelib, Yoshlar ittifoqi tuzildi, unga yoshlar borasidagi siyosatni amalga oshirishda katta imkoniyatlar va vakolatlar berildi.

Avgust oyida esa Prezident ziyolilar bilan uchrashdi. Ma’lum bo‘ldiki, bundan keyin xalq ma’naviyati orqali tijorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, endi qo‘shiqchilar to‘rtta lapari bilan mamlakat ma’naviy hayotini belgilamaydi. Haybarakallachi rimliklarning anchayin amalda bo‘lgan "non va tomosha" tamoyili urfdan chiqariladi.

Dengi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston banklari 1,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ almashtirildi
Tijorat yuritishni erkinlashtirish, uni ro‘yxatga olishda yengilliklar yaratish, soliq imtiyozlari berish, eksport va importga chegaralarni kengroq ochish, naqd pul muammosining hal etilishi, valyuta savdosidagi erkinlik — bularning barchasi xalqning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratildi. Shuningdek, bu o‘zgarishlar iqtisodiyotga zug‘umning to‘xtatilishi, unga erkinlik berilishi, bundan keyin u faqat bozor qonun-qoidalari orqali tartibga solinishini ifodalaydi.

Sh.Mirziyoyev tomonidan mamlakat ichki siyosatida amalga oshirilgan jiddiy o‘zgarishlardan biri — shaxsiy javobgarlik, har bir rahbarning xalq oldida o‘zi javob berishi.

Prezident shu paytga qadar anchayin e’tiborga olinmagan shaxsni birinchi darajaga olib chiqdi. Shunga qadar faqat artist va qo‘shiqchilar egallab olgan televidenie mamlakatda ulardan boshqalar ham borligini eslab qoldi. Vazirlik va muassasalar rahbarlari matbuot anjumanlari o‘tkazmoqda, badavlat insonlar pulni qanday topganini televideniyeda ochiq-oydin gapirmoqda, dehqondan tortib kimogarchaga — turli mutaxassislar o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Mirziyoyevning davlat rahbari etib saylanishi bilan bir vaqtda Toshkent shahrida qachonlardir va nima uchundir yopilgan yo‘llar qaytadan ochildi, buzilgan ko‘prik tiklandi. Bir qarashda buning katta siyosatga aloqasi yo‘qday, go‘yo! Aslida zamirida katta ma’no va ramziylik bor.

Bu mamlakatda har xil taqiqlar olib tashlangani, fuqaroga erkinlik berilganini ko‘rsatadi.

Dastlabki bir yillik ulkan bunyodkorliklari bilan ham ko‘pchilikning yodida qoldi. Saylovoldi dasturida aytilganiday, kam ta’minlangan oilalar uchun uylar barpo etish boshlandi, Toshkent atrofida metro qurilishi yo‘lga qo‘yildi, turizmni rivojlantirish asosiy vazifalardan biriga aylantirildi, erkin iqtisodiy zonalar ko‘paymoqda, tijoratga erkinliklar berildi.

Keyingi bir yil O‘zbekistonda hayajonli va yangiliklarga boy o‘tdi. Xalq kunda, kun aro ulkan o‘zgarishga, yangilikka guvoh bo‘lib turdi. Bu esa unda kelajakka ishonch tuyg‘usini oshirib, hayotiga mazmun olib kirdi. Hatto bu o‘zgarishlarga shunchalar berilib ketdiki, gohida bo‘layotan o‘zgarishlar kamday tuyula boshladi ham.

Biroq, noyabr oyida benzin narxining oshishi zavq-shavq bilan yashayotgan xalq ishtiyoqini so‘ndirib, shashtini susaytirdi (demak, xalqning iqtisodiy holati yaxshi, mashina ko‘p, shundan benzinning tashvishi xalq muammosiga aylangan).

Oy oxiriga kelib eng kam oylik ish haqi miqdorining oshirilishi esa unga ilgarigi shavqni qaytarganday bo‘ldi.

Aytish lozim, Mirziyoyevning saylovodi ma’ruzalarini har bir fuqaro entikib, berilib tinglagan edi.

Albatta, prezidentning o‘zgalarni ishontirish va o‘z fikrini uqtira olish qobiliyatiga shubha bildirmasak ham bo‘ladi, biroq ma’ruzalarda xalq kutgan, orzu qilgan hayotning ifoda qilinishi, unga erishish yo‘llari aniq-ravshan ko‘rsatib berilgani fuqaroni maftun qilgan edi.

Bugun, oradan bir yil o‘tib, saylovoldi dasturida ko‘rsatilgan tadbirlar ijro etilmoqda.

Buning uchun esa mamlakat davlat organlarida ijro intizomini mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev hukumatni "yoshartirmoqchi": qator rahbarlar ishdan olinadi
Vazirliklar, muassasalarning tuzilishidagi o‘zgarishlar, optimallashtirish, xususan yaqinda Vazirlar Mahkamasining ijroiya apparatidagi o‘zgarishlar ham shu maqsadni ko‘zlab amalga oshirildi.

Albatta, bir yillik ishlarga boqib, barcha o‘zgarishlarning haqiqiy ko‘lamiga baho berib bo‘lmaydi. "Umid bilan suqilgan tayoq, bir kun berar meva va yaproq", degan edi ulug‘lardan biri. Shubhasiz, keyingi bir yil davomida tamal toshi qo‘yilgan barcha ishlar o‘zining mevasini beradi, yaratilgan meyoriy-huquqiy baza oxir-oqibat mamlakatni iqtisodiy jihatdan baquvvat davlatlar qatoriga qo‘shib, fuqaroning farovonligini ta’minlaydi.

Yangiliklar lentasi
0