O‘zbekiston banklari 1,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ almashtirildi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishDengi
Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, respublikada erkin konvertatsiya joriy etilgandan buyon yuridik shaxslar tomonidan valyuta birjasi orqali 1,7 million dollar xarid qilindi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston banklari respublikada erkin konvertatsiya joriy etilgandan buyon 1,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ almashtirildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Jenshina schitayet banknoti posle obmena valyuti v filiale Natsionalnogo banka Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi yangilandi

Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan Xalqaro Press-klub yig‘ilishida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jismoniy shaxslardan 644 million dollar sotib olingan va eksport qiluvchilardan 915 million dollar kelib tushgan.

Bundan tashqari, respublikada erkin konvertatsiya joriy etilgandan buyon yuridik shaxslar tomonidan valyuta birjasi orqali 1,7 million dollar xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti farmoniga asosan 5-sentabrdan boshlab erkin konvertatsiyasi joriy etilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar tijorat banklar orqali valyutani erkin tarzda almashtirish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.

Markaziy bank 5-sentabrdan milliy valyutasi — so‘m qiymatini sal kam ikki baravar miqdorda devalvatsiya qilindi. Ilgari mamlakatda ko‘plab valyuta kurslari amaliyoti bo‘lgan. Xususan, dollarning MB rasmiy qiymati va qora bozordagi qiymat o‘rtasida ikki baravar miqdorda tafovut bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0