Mirziyoyev Bosh prokuraturaga dorilar narxini nazorat qilishni buyurdi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev dori-darmon vositalari noqonuniy ravishda baland narxda sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, xalq manfaatlarini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi departamentda "Ishonch telefonlari" tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil boshida kuni sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari bilan uchrashib, ushbu tizimni takomillashtirish, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: "Hozirgilardan nima qoldi 20-yilda?"
Kuni kecha Mirziyoyev raisligida yanvar oyi boshida o‘tkazilgan majlisda belgilangan vazifalar ijrosi, sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

"Xalqimiz salomatligi, ayniqsa, yosh avlod kelajagiga daxldor bu soha mening doimiy e’tiborimda bo‘ladi", — deya alohida ta’kidladi Mirziyoyev.

Prezidentga ko‘ra, tibbiyot xodimlari uyma-uy yurib, kasalliklarni profilaktika qilishi, sohadagi o‘zgarishlarni odamlar sezishi kerak. Buning uchun shifokorlarning madaniyatini, ma’naviyatini, mas’uliyatini oshirish, ishga va bemorlarga munosabatini o‘zgartirish zarur.

Shuningdek, qishloq vrachlik punktlari joylashuvini qayta ko‘rib chiqish, samarasiz ishlayotgan punktlarni optimallashtirish, maqsadga muvofiqlarini poliklinikalarga aylantirish, malakali shifokorlarni rag‘batlantirishga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi. Qishloq vrachlik punktlari tunu kun ishlashi, vrach u yerda yashashi uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishlab chiqilgan dorilar narxi 44 % gacha tushirildi
Mirziyoyevning 2016-yil 31-oktabrda qabul qilingan "Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq dori vositalarining narxi ancha arzonlashgani aytib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departament, tegishli vazirlik va hokimliklar vakillari ishtirokida dori-darmon vositalarining belgilangan narxlarda sotilishi nazorat qilib borilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev dori-darmon vositalari noqonuniy ravishda baland narxda sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, xalq manfaatlarini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi departamentda "Ishonch telefonlari" tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

"Bu telefon raqamlari har bir dorixonaga osib qo‘yiladi, televidenie orqali ko‘rsatiladi", — dedi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0