Sharof Rashidovni avanturistga chiqargan g‘oya: O‘zbekistonda oltin konining vujudga kelishi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Mediabankka o‘tishProizvodstvo zolota
Proizvodstvo zolota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yildan boshlab O‘zbekiston oltin-valyuta miqdorini rasman e’lon qilib boradigan bo‘ldi. O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarishni tashkil etishning haqiqiy muallifi Sharof Rashidovdir. Rashidov tufayli Muruntov, Uchquduq, Zarafshon oltin konlari ochilib, O‘zbekiston dovrug‘i dunyoga taraldi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekistonda buyuk davlat arbobi, ulug‘ adib, o‘zbek xalqining 20-asrda yetishib chiqqan mutafakkir farzandi Sharof Rashidovga bag‘ishlangan "O‘chmas Sharaf" monografiyasi nashrdan chiiqarildi. Kitob siyosiy fanlar doktori To‘lqin Alimardonov qalamiga mansub.

Markaziy bank ilk bor O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralar miqdorini e’lon qildi
Kitobda O‘zbekistonda oltin konining vujudga kelishi tarixi haqida batafsil ma’lumot berilgan.

…60-70 yillarda Sharof Rashidovning shaxsan tashabbusi bilan respublikada yirik oltin qazib ishlab chiqarish sanoati yaratiladi. Oltinni qayta ishlab chiqarish fabrikalari, oltin saralash kombinatlari, shuningdek, mis rudasini qayta ishlash qayta ishlash kombinatlari foydalanishga topshiriladi.

Shu bilan birga, jahon andazalariga javob beradigan yuqori sifatli oltin olinadi. Lekin, bu boyliklar to‘laligicha Markazga olib ketilar, O‘zbekistonga esa hech qanday nafi tegmas edi. O‘zbekiston o‘z zaminidan olinadigan birorta boylikning xo‘jayini emasdi va uning ne’matlaridan mustaqil foydalana olmasdi. O‘zbekistonning hayotiy muhim tarmoqlari va yirik korxonalarining aksariyat qismi (qariyb 70%), shu jumladan, rangli metallurgiya korxonalari bevosita ittifoq vazirliklariga bo‘ysunardi. Oltin, uran, rangli metallar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olish va tashib ketish bilan markaziy organlar O‘zbekiston rahbar organlarining roziligisiz va ularning nazoratisiz o‘zlari shug‘ullanishar va tasarruf qilishardi.

© Sputnik / Yan Tixonov / Mediabankka o‘tishGidrometallurgicheskiy zavod
Gidrometallurgicheskiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Gidrometallurgicheskiy zavod

 Olinadigan foydaning arzimagan ozgina qismigina nomiga respublika budjetiga o‘tkazilardi.

Elitniy jiloy kompleks v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaning chet ellardagi hashamatli ko‘chmas mulklari ro‘yxati
Bu boradagi maqolalardan ayrim xulosalar chiqarishimiz mumkin. Masalan, kinorejissor M. Qayumov Muruntovda bo‘lgan suhbatni eslab — "Agar shu oltinlarning bir foizi o‘zimizda qolganidami?!.. degan Sh.Rashidovning so‘zlarini o‘z maqolasida keltiradi. O‘zbekiston MKning birinchi kotibi Sharof Rashidov ko‘p voqea va hodisalardan norozi bo‘lsada, ammo, ma’lum doira chegarasidan chiqa olmagan. U o‘z imkoniyati va hokimiyati darajasida harakat qilgan, xolos.

O‘zbekistonda oltin sanoatini rivojlantirish va shakllantirishda Sh.Rashidovning fidoyiligi alohida va muhim sahifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Oq oltin o‘lkasidan haqiqiy oltin sanoatiga o‘tish murakkab, qarama qarshi ziddiyatlar bilan kechgan jarayon hisoblanadi. Bugun bu hech kimga sir emas, O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha yetakchi davlatlar qatoriga kiradi.

Ammo, o‘sha davrda Muruntovda qisqa muddatlarda yuqori o‘lchamli ulkan zahiraning topilishi, o‘nlab oltin konlarining ochilishi, respublikada yangi texnologiyalarga asoslangan industrial sohani vujudga keltiradi.

Bu ulkan jasoratga tatigulik ishlar edi. Ayrimlar aytganidek, bu ishlar tasodifan vujudga kelgan sohalardan emas, uning tagida  mutaxassislarning mashaqqatli mehnati yotadi. KPSS rahbariyati O‘zbekistonni paxta tayyorlash o‘lkasi, deb tan olgan sharoitda ularni yangi bir texnologik jarayonlar talab etiladigan sohaga jalb etish murakkab bo‘lgan bir sharoitda Sh.Rashidov buning uddasidan chiqadi. Qolaversa, oltin qazib olishning kon usuli bu davrda amalda bo‘lmagan tajribalardan biri bo‘lgan. Sibir va Uzoq Sharqda olinadigan oltinlar qumdan tozalab olishga ixtisoslashgan.

Respublikada oltin qazib olish sanoatini vujudga keltirgan yirik mutaxassislardan biri Abror Qahhorov oddiy kon ishchisidan Zarafshon shahri partiya tashkiloti rahbari, Navoiy, Marjonbuloq oltin koni kombinatining direktori, Jahon iqtisodi va diplomatiyasi Universiteti professori vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan amaliyotchi va olim. U o‘z esdaliklarida O‘zbekistonning cho‘l hududlarida industrial sanoat barpo etilishining asoschisi va tashabbuskori sifatida Sh.Rashidovning ulkan xizmatlarini xotirlaydi.

Perviy sekretar SK KPSS Uzbekskoy SSR Sharaf Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Sharof Rashidov o‘zi xizmat qilgan tizim qurboni bo‘ldi - Sadullo Muhammadqulov
O‘zbekistonlik geologlar Markaz idoralariga SSSRda eng yirik oltin zahiralari topilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berishiga qaramasdan, Moskvalik rahbarlar bunga e’tibor qaratmaydi. Bunday vaziyatda Sharof Rashidov O‘zbekistonda oltin qazib olish konlarini ochish ahamiyatini Davlat reja qo‘mitasi mutaxassislari, MK mas’ul xodimlari, Ministrlar kengashi, Zahiralar bo‘yicha Davlat Komissiyasi Geologiya vazirligi bilan bahs-munozaraga kirishadi, o‘z fikrini asoslashga, ularni ishontirishga harakat qiladi. SSSR rangli metallar vazirligi rahbari P.F.Lomako bilan munozaralar natija bermagach, SSSR mashinasozlik rahbari Slavskiy Yefim Pavlovichni o‘z maqsadlariga tortadi va uning tashabbusi bilan "Muruntov" masalasi KPSS MK burosi muhokamasiga kiritiladi. Natijada, 1967-yili MKning mahfiy L.I.Brejnev va A.N.Kosiginning imzosi bilan "Muruntov" oltin kon korxonasi ochish to‘g‘risidagi qarori chiqadi.

Muallif o‘sha davrda qanday tuhmat va balolar yog‘ilganligini ko‘rsatish maqsadida ayrim tanqidiy fikrlarni keltiradi:

— Rashidov o‘ziga tegishli bo‘lmagan ishga qo‘l uribdi.

— avallari bunday tashabbuslar uchun otishga hukm qilingan.

— o‘zbeklar oldinga chiqishni tashabbus qilayapti.

— Muruntov — bu o‘lik tug‘ilgan bola.

— Muruntov — bu avantura, mualliflar avanturistlar.

— o‘zbeklarda oltin zahirasi yo‘q. Buning barchasi yolg‘on!

Bu malomatlarni yig‘ilishlarda Sharof Rashidov bosiqlik bilan, ehtirosga berilmay tinglar, izoh ham berishga urinmas edilar. Faqat bir kuni "Usmon Yusupovni bir paytlar "Farg‘ona" kanali uchun avanturist, deb ayblashgan edi, endi bu kanal orqali davlat qanchadan-qancha paxta olayotganligini ko‘rib turibmizku", deb aytgan edilar.

Mana shunday jarayonlar Sharof Rashidovni "oltin" masalalari bilan bog‘liq ishlarning mutaxassisiga aylantiradi, u oltin konlari faoliyati borasida chuqur ensiklopedik va tarixiy bilimlarga ega ekanligi bilan barcha Markazi rahbarlari e’tiborini qozonadi. 

Shunday qilib, yiliga 5 million tonna ruda qazib chiqarishga ixtisoslashgan oltin koni korxonasi qurilish ishlari boshlanadi. 67-69-yillarda birinchi ruda, to‘qqiz qavatli binolar, maktab, bog‘cha, madaniy-maishiy muassasalar, aeroport, temir yo‘l qurilishi, Amudaryoning suvlarining keltirilishi va eng yuqori ko‘rsatgichdagi 9999 raqamli birinchi tonna oltinning quyilishi odamlar ishonchini oshiradi. 21-iyul 1969-yilda "Muruntov" oltin qazib olish korxonasi qurilishining tugallanganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. 

© Sputnik / Dmitriy Baltermans / Mediabankka o‘tishZolotorudnoe mestorojdenie Muruntau
Zolotorudnoe mestorojdenie Muruntau - Sputnik O‘zbekiston
Zolotorudnoe mestorojdenie Muruntau

Shu tariqa tanqidchilarning "Muruntovda oltin zahiralari yo‘q", degan bashoratlari amalda isbotini topmaydi. Bu davr oralig‘ida geologlar oltin zahiralarini ko‘pligini yana bir bor isbotlab, ruda olish rejasini ikki baravarga — 10 mln tonnaga oshirishga erishadilar. Shunday qilib, Qizilqum cho‘li markazida oltin qazib olish korxonasi vujudga keladi. Bu yerda keyinchalik yiliga 18 mln tonna ruda va undan 50 oltin olishga erishilinadi. Bu kabi texnologik korxona quvvati va uning toza mahsuloti dunyoda yo‘q va bo‘lgan ham emas. Sh.Rashidovni KPSS MK minbarlarida "O‘zbekiston SSSRning valyuta sexiga aylangan"ligini tan olib, katta olqishlar bilan qarshi olishadi.

© Sputnik / Tixonov / Mediabankka o‘tishZOLOTO SLITOK MURUNTAU
ZOLOTO SLITOK MURUNTAU - Sputnik O‘zbekiston
ZOLOTO SLITOK MURUNTAU

Sharof Rashidov hayotligida Olmaliq korxonasi, oltin oluvchi Chodak koni fabrikasi, Angren, Marjonbuloq, Zarmitan va boshqa ko‘plab kon va fabrikalari ochiladi. Bu ulkan ishlar natijasida O‘zbekiston bugun mustaqillik sharoitida ham oltin qazib olish va uning sifati bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar qatoriga kiradi. Bugun bu konlar bevosita o‘zbek xalqi farovonligi yo‘lida xizmat qilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev foydali qazilmalar sanoatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi
Oltin ishlab chiqarishni respublikada tashkil etishning haqiqiy muallifi Sharof Rashidovdir. Muruntov, Uchquduq, Zarafshon oltin konlari ochilib, O‘zbekiston dovrug‘i dunyoga taraldi. Marjonbuloq oltin ruda kombinatining ishga tushirilishi, Olmaliq kombinatining xomashyo bazasini kuchaytirish maqsadida "Qalmaqir", "Oltin Topgan" konlarining rekonstruksiya qilinishi oltin ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirdi. Bu boyliklardan respublikada o‘z manfaati uchun, o‘sha totalitar tuzumda foydalanishga imkon berilmagan bo‘lsada, lekin u kelajakda mustaqillikning moddiy garovi edi. Sharof Rashidovning donishmandligi ham xuddi mana shunda. Hozirgi iqtisodiy inqirozdan oson o‘tib ketayotganimizning sabablaridan biri Sharof Rashidovning avlodlar uchun g‘amlab ketgan rang-barang boyliklaridir, deb yozgan muallif.

Yangiliklar lentasi
0