Sharof Rashidov o‘zi xizmat qilgan tizim qurboni bo‘ldi - Sadullo Muhammadqulov

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishPerviy sekretar SK KPSS Uzbekskoy SSR Sharaf Rashidov
Perviy sekretar SK KPSS Uzbekskoy SSR Sharaf Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Paxta ishi"da Sharof Rashidovichni qoralab, uni sal qolsa "marionetka"ga chiqarmoqchi bo‘lganlarning hammasi uydirmalarni yozishgan. Chunki oxir-oqibat u kishining o‘zi bu tizimning qurboni bo‘ldi", deb xotirladi Sharof Rashidovning xos soqchisi Sadullo Muhammadqulov

TOShKENT, 3 noya — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘ttiz to‘rt yil muqaddam — 1983-yilning 31-oktabrida vafot etgan O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari Sharof Rashidovning o‘limi to‘g‘risida matbuotda tibbiy xulosadan boshqa hech narsa chop etilmagan. Sharof Rashidov o‘z ajali bilan o‘lganmi yoki o‘z joniga qasd qilganmi, yoxud o‘ldirilganmi, degan savollar oqimi hali-hanuz to‘xtagani yo‘q.

Faqat bir narsa — Sharof Rashidovning o‘limiga — paxta, aniqrog‘i o‘sha mash’um "paxta ishi" sabab bo‘lganini hech kim inkor etmaydi.

"Razan mo‘’jizasi"

82-yildan boshlab, iqtisodiy va korrupsiyaga oid jinoyatlar yuzasidan O‘zbekiston SSRda olib borilgan "paxta ishi"dan Sharof Rashidovning xabari bormidi yoki yo‘q? Mana shu qo‘shib yozishlar masalasi aslida qayerdan paydo bo‘lgan?

Fidel Kastro (sleva) i perviy sekretar SK kompartii Uzbekistana Sharaf Rashidov (2 sprava) beseduyut s chabanom kolxoza imeni Sverdlova M. Muminovim - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga tegishli buyumlarni xarid qiladi
Sharof Rashidovning o‘limiga oydinlik kirituvchi yuqoridagi savollarga javob tarzida internet makonida keltirib o‘tilgan tarixiy faktlardan birini e’tiboringizga havola qilamiz.

…1957 yilning may oyida Butunittifoq qishloq xo‘jaligi xodimlari kengashida ishtirok etgan KPSS MK bosh kotibi Nikita Xrushev o‘zining "qaynoq nutqi" davomida: "asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarda Amerikaga yetib olamiz va undan o‘zib ketamiz" degan shiorni e’lon qiladi.

Xrushev uch yil ichida go‘sht, sut va yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarishda Amerikani ortda qoldirishga bel bog‘lagan edi.

Tabiiyki, yetakchining ushbu tashabbusi darhol "quyi rahbarlar" tomonidan "olqishlar" bilan qarshi olinadi. Ayniqsa, Razan viloyati partiya tashkilotining birinchi sekretari Aleksey Larionov o‘zgacha shijoat namoyish etib, omma oldida 1959-yilda davlatga go‘sht yetkazib berish hajmini uch barobar ortig‘i bilan bajarishga va’da beradi.

Va’da va’daligicha qolib ketar edi ham balki… Ammo Larionovning so‘zlarini "Pravda" nashri butun Rossiyaga yoyib yuborgach, kotib ortga chekina olmay qoladi.

O‘z og‘zi bilan bergan va’da — olamshumul rejani bajarish uchun Larionov tez fursatda hatto sog‘in sigirlarni ham so‘ydirtirishga buyruq beradi. Bu qarori bilan u Razan viloyatidagi kolxozlar kelajagini qurbon qilgan edi.

Sh.R.Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Sharof Rashidov busti ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Sal o‘tib esa omadsiz-zarbdor ishchi qora mollarni sotib olib kelishlari uchun o‘z vakillarini qo‘shni viloyatlarga yubora boshlaydi. Ish shu darajaga borib yetadiki, qo‘shni regionlarda mol o‘g‘irliklari holatlari haddan ortib ketadi.

Oxir-oqibat, 1959-yilda Razan viloyati yolg‘on-yashiqlar bilan bo‘lsa ham go‘sht bo‘yicha rejani bajaradi. Larionov fursat o‘tmay shohsupaga ko‘tariladi — u Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi. Lekin qahramonning quvonchi uzoqqa cho‘zilmaydi. Kelasi yilga kelib viloyatda qora mollar soni 70%ga qisqaradi, hudud moliyaviy jihatdan tang ahvolda qoladi. Go‘sht va don ishlab chiqarish darajasi 1958-yilgidan ham pastroqqa tushib, endilikda Moskvadan ishning haqiqiy ahvolini yashirishning iloji qolmagandi.

Tergov ishlarini o‘tkazish uchun Moskvadan maxsus komissiya tashrif buyurgach, Larionov ish kabinetida o‘zini otib o‘ldiradi.
Larionov tomonidan amalga oshirilgan afera tarixga "Razan mo‘’jizasi" nomi bilan kiritilgan.

Keraksiz bellashuv oqibatlari

"Endi esa tasavvur qiling, —deydi yuqoridagi singari holatlarga izoh berish istagida Sadullo aka — yuqoridan, ya’ni Kremldan buyruq kelyapti: deylik "besh kun muhlat" bilan "plan" ham qo‘yilyapti, lekin hech kim bu qanday amalga oshirilishi haqida aytmagan. Chunki yuqoridagilarga faqat natija kerak edi. Respublika kotiblari Bosh kotibga reja bajarilgani haqida bayonot berishlari, Bosh kotib esa "bizda falon miqdorda paxta, go‘sht va yog‘ bor", deya butun dunyoda aytishi kerak edi…

Deputati Gdlyan i Ivanov - Sputnik O‘zbekiston
"Tangalar mingta edi, Abdujabbor!" yoxud Gdlyan va Ivanov haqida yana bir hikoya
Shu o‘rinda, "XX asr: Taqdirlarda aks etgan tarix" kitobidan iqtibos keltiramiz: "…70-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab qo‘shib yozish chiqib bo‘lmas xalqaga o‘xshab qolgan edi. Rejani bajarmagan rahbar ishdan bo‘shatilardi, demak, amalda qolish uchun qo‘shib yozish, kattaroq amalga ko‘tarilish uchun esa ko‘proq qo‘shib yozish kerak bo‘lardi".

SSSR va Amerika o‘rtasidagi o‘zaro sovuq urush va hech kimga keraksiz bellashuv — mana shunday fojiali oqibatlarni keltirib chiqardi.

Ushbu bellashuvning "aks-sadosi"ni O‘zbekistonda ham ko‘rdik.

O‘zi xizmat qilgan tizim qurboni

Sharof Rashidov tekshiruvlar boshlanishini bilgan, — gapida davom etadi suhbatdosh. — Moskva shahrida yirik paxtani qayta ishlash zavodlari rahbarlari qo‘shib yozish holatlari bo‘yicha qo‘lga tushgach, O‘zbekiston SSR Birinchi kotibiga "Biz O‘zbekistonda tekshiruv o‘tkazamiz", deb aytishgan. Sharof Rashidovich bunga monelik qilmagan, aksincha, "tekshirishlaringiz mumkin", deb aytgan va shu bilan maxsus komissiya Buxoroga kelgan.

Sadullo Murodilloyev i Sharaf Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Sharof Rashidov siyosiy arbob sifatida jahonda qanday obro‘ga ega bo‘lgan? - Xos soqchi xotiralari
Bu yerda nega Sharof Rashidov monelik qilmagan degan savol tug‘ilishi mumkin. Polkovnikning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha davrda ba’zi bir respublika va shaharlarda shov-shuvli jinoyatlarga dahldor bo‘lgan "ish"lar fosh etilayotgani haqida xabarlar e’lon qilinib borgan.

"Paxta ishi"ga qadar, Krasnodar o‘lkasi birinchi sekretari bilan bog‘liq "Medunov ishi", Moskvadagi "Yeliseyev gastronomi" singari shov-shuvli jinoiy ishlar bo‘lib o‘tgan — bu tizim butun sovet ittifoqini qamrab olgan edi", — qo‘shimcha qiladi suhbatdosh.

Sadullo akaning aytishicha, albatta, "paxta ishi"da oshirib yuborishlar, noqonuniy harakatlar juda ko‘p bo‘lgan. Aks holda oxir-oqibat Siyosiy buro ham, SSSR Oliy prezidiumi kengashi ham bu ish noto‘g‘ri bo‘lganligini tan olmasdi. Sharof Rashidovich o‘lganligidan foydalanib 1989-yilgacha bu ish davom ettirilgan bo‘lsa, Moskvada demokratiya paydo bo‘lgach, "paxta ishi" bekor qilinib, Gdlyan va Ivanovlar esa hatto mansablaridan haydab solingan…

"Men shu yerda bir gapni aytib o‘tmoqchiman, "paxta ishi"da Sharof Rashidovichni qoralab, uni sal qolsa "marionetka"ga chiqarmoqchi bo‘lganlarning hammasi uydirmalarni yozishgan. Chunki oxir-oqibat Sharof Rashidovning o‘zi ushbu tizim qurboni bo‘ldi.

Sharof Rashidovich bu tizimni o‘zgartira olmasdi. Uni o‘zgartirish uchun, Kremlda ham hammasini o‘zgartirish kerak bo‘lib, u yerdagilar esa o‘zgarishni xohlamasdi. Shu bois, tizimdagi bor kamchiliklarni Sharof Rashidovning, ustiga ustak — marhum Sharof Rashidovning yelkasiga ag‘darish, bu — o‘zbekona tilda aytganda — gunoh", — deya suhbatga yakun yasadi Sadullo Muhammadqulov.

Yangiliklar lentasi
0