Shavkat Mirziyoyev foydali qazilmalar sanoatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat komissiyasi O‘zbekistonda 13 ta konlar zahiralarini baholanganini va yil oxiriga qadar yana 13 ta kon bo‘yicha zahiralar aniqlanishini xabar qilishdi.

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tkazilayotgan geologik razvedka ishlarining samaradorligiga va mineral xom-ashyo va qimmatbaho metallar zahira bazalarini kengaytirishga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi.

Quyosh fizikasi ilmiy-tekshirish instituti - Sputnik O‘zbekiston
Geologiya va geofizika instituti Davlat Geologiya qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tdi

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kun tartibida yer osti boyliklarini geologik razvedka qilish, foydalanish, qo‘riqlash va boshqarish masalalariga bog‘liq bir qator dolzarb masalalar turibdi.

“Ushbu sohada yer osti boyliklaridan samarali foydalanish, ularni qo‘riqlash va boshqarish borasida aniq mexanizm yo‘q. Xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish yordamida, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining butunlay yangi tarkibi va faoliyatining yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish kerak, uning salohiyatini oshirish kerak”, — dedi Mirziyoyev.

Tadbirda aytilishiga ko‘ra, ushb yil davomida davlat komissiyasi tomonidan O‘zbekistonda 13 ta konlar bo‘yicha foydali qazilmalar zahiralarini baholangan. Yil oxiriga qadar yana 13 ta kon bo‘yicha zahiralar aniqlanishi rejalashtirilgan. 

Geologik razvedka samaradorligini oshirish maqsadida soha bosqichma-bosqich yangilanib boradi. Masalan labaratoriya-tahliliy asbob-uskunalar  bazasi yangilanadi, 2018-yildan boshlab aerogeofizik metod qo‘llanila boshlaydi.

Tog‘-boyitish kombinati - Sputnik O‘zbekiston
2016 yilda Sautbayda tog‘-kon majmuasi qurilishi boshlanadi

Prezident respublikaning tog‘-kon sanoati yetakchi korxonalaridan bo‘lgan Navoiy va Olmalik kombinatlari faoliyatida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, Navoiy tog‘-kon kombinatida 2026-yilga qadar umumiy qiymati 3,6 milliard dollar bo‘lgan 27ta loyiha amalga oshirish rejalashtrilgan. Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi 30%ga oshishi va 31 ming ish o‘rinlari yaratilishi kerak.

Olmaliq tog‘-kon kombinatida umumiy qiymati 2,7 milliard dollar bo‘lgan 18ta sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ular orasida "Yoshlik-1" va "Yoshlik-2" yangi konlar, "Samarchuki" — yer osti konini o‘zlashtirish hamda Surxondaryoning Sherobod tumanida sement zavodi qurish loyihalari bor.

Mirziyoyev, shuningdek Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga sohani zamonaviy mutaxassislar bilan ta’minlovchi, sohaning eng yangi yo‘nalishlarini o‘rganuvchi ta’lim muassasi tashkil qilish tashabbusini kiritdi.

Yangiliklar lentasi
0