Markaziy bank ilk bor O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralar miqdorini e’lon qildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-yanvardan boshlab har bir davlat idorasi, shu jumladan Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari, pul ta’minoti va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qiladi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov 2017-yil 1-noyabr holatiga O‘zbkiston oltin-valyuta zaxiralari 26 milliard dollarni tashkil qilishini ma’lum qildi.

Dengi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston banklari 1,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ almashtirildi

Markaziy bank amaldorining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki oy davomida bu ko‘rsatkichlar 750 million dollardan ortdi.

"Biz ilgari bu ma’lumotni oshkor qilinmaganmiz. Bu ma’lumot maxfiy hisoblangan. Lekin davlat rahbari tomonidan ushbu masala xususida qaror qabul qilingan. Qarorda bir qator qator iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinishi qayd etilgan. Shundan kelib chiqqan holda 1-yanvardan boshlab har bir davlat idorasi, shu jumladan Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari, pul ta’minoti va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasman e’lon qilinadi. Bugun biz birinchi marta O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotni e’lon qilamiz", — dedi Ishmetov.

Markaziy bank rahbari respublikada erkin konvertatsiya joriy etilgandan buyon valyuta birjasida xorijiy valyutani sotish hajmi xarid qilish hajmidan ortib ketdi. Xususan, ikki yarim oy ichida Markaziy bank bu farqni 325 million dollarlik hajmda xarid qildi.

Yangiliklar lentasi
0