Jamiyat

Uchinchi jahon urushi yoxud Pentagonga rossiyaliklarning toʻqimalari nima uchun kerak?

© AFP 2023 / PHILIPP GUELLANDXimicheskaya zaщita
Ximicheskaya zaщita - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyalik mutaxasislar AQSH harbiy muassasalari Rossiyaga qarshi etnik yoʻnaltirilgan biologik qurol ishlab chiqarayotganiga ishonchi komil.

TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Fuqaro huquqlarini rivojlantirish mavzusida 30 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan kengashda Vladimir Putin “Kimdir butun mamlakat boʻylab biologik materialarni yigʻmoqda. Rossiyada yashayotgan turli millat va elatlar boʻyicha ham. Shu oʻrinda savol tugʻiladi, xoʻsh bu nima uchun qilinayapti?”, — deb hukumat aʼzolariga murojaat qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Mikrobiolog olim - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Zika virusi issiq mamlakatlar aholisiga xavf solmoqda

Aslida, ushbu shov-shuv AQSH Havo-harbiy kuchlari tomonidan 2017 yilning 18 iyulida Federal Business Opportunity  saytida chop etgan eʼlonidan boshlandi. Unda aytilishiga koʻra, AQSH Havo kuchlari qoʻmondonligi rossiyalik kishilarning Ribonuklein kislotasi (RNK) va inson suyagi boʻgʻimining sinovial kislota ishlab chiqaruvchi qatlami namunalari jamlayotganini xabar qilgan.

Xabarda aytilishiga koʻra, yuqoridagi biologik materiallar faqat Rossiyada yashayotgan yevropeoid irqiga mansub shaxslarga tegishli boʻlishi kerakligini taʼkidlangan. Ukrainaliklarning biologik materiallari qabul qilinmasligi ham alohida aytib oʻtilgan. 

RNK — Inson tanasidagi eng asosiy uchta makromolekulalardan biri. Qolgan ikkitasi DNK va oqsil molekulalaridir. Turli millat, turli irq vakillarida ular turli turli koʻrinishda boʻladi. Agar aynan bir xil turdagi DNK, RNK yoki oqsil molekulasiga zarar yetkizuvchi virus yetishtirilsa, uning yordamida faqat maʼlum bir millat yoki irq vakillariga taʼsir qiluvchi biologik qurol ishlab chiqarish mumkin.  

Pentagon – bu xorijiy fuqarolar sogʻligi haqida qaygʻuruvchi, tibbiyot ilmiy-tekshirish istituti emas. Pentagon bu harbiy maqsadlarga erishi tashkiloti. Bugungi kunda MDH hududida AQSH nazorati ostida boʻlgan oʻnlab biologik laboratoriyalar ishlamoqda. Ular sobiq Ittifoqning har bir millati uchun oʻziga mos viruslar toʻplamini yaratmoqda. Axir yadro urushi boshlansa amerikaliklarning oʻzi ham zarar koʻrishi mumkin, biologik urush esa hech kimga koʻrinmaydi iz ham qoldirmaydi. 

Injener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ilon Mask uchinchi jahon urushi boshlanish sababini aytdi

Koʻrinmas uchinchi jahon urushi 

Biologiya va genetika fanlarining bugungi taraqqiyoti, odamlarni irqi, terisining rangi yoki yana boshqa belgilariga koʻra tanlab yoʻq qilishga qodir boʻlgan baktereologik yoki bio-genetik qurol yaratishga qodir. Balkim shuning uchun amerikaliklar MDH hududida yuqori himoyalangan muhandislik-biologik laboratoriyalar sonini oshirmoqda. Oxirgi yetti yil ichida butun dunyo boʻylab qurilgan AQSH bio-muhandislik laboratoriyalar soni 20 tadan 400 taga yetdi. 

Pentagon ana shunday obʼyektlarni Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozogʻiston, Moldaviya, Oʻzbekiston va Ukraina hududlarida barpo etishga ulgurgan. AQSH rasmiy xabariga koʻra  ular – biologik xavflarnpi oldini olish uchun. Aslida esa, ushbu laboratoriyalar oʻzlari joylashgan mamlakatlar boshi uzra koʻtarilgan qilichga oʻxshaydi.

Oxirgi yillar davomida ana shunday obʼyektlarda yuzlab baxtsiz hodisalar yuz bergani qayd etilgan boʻlsada, AQSH maʼmuriyati baktereologik va toksin qurollar ishlab chiqish, ularning zahiralarini tayyorlash haqidagi Xalqaro konventsiya normalarini inkor qilib kelmoqda.

Bakteriyalar tahlili - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Qotil-bakteriya" vyetnamliklarni 24 soat ichida oʻldirmoqda

Shu oʻrinda etnik yoʻnaltirilgan viruslar Amerikada tarixida muhim rol oʻynaganini qayd etish lozim. Shimoliy Amerika qitʼasini egallab olishda hindularning eng koʻp oʻlimiga sabab boʻlgan narsa, bu janglar emas – yevropaliklar oʻzlari bilan olib kelgan kasalliklar boʻlgan ekan. Alohida materikda yashagan hindularning yevropada keng tarqalgan vabo, sil va boshqa kasalliklarga qarshi immuniteti boʻlmagani tufayli ular millionlab qirilib ketgan. Shu tariqa Amerikada 15 mln hindudan 20 asr boshiga kelib 300 ming kishi qolgan ekan. 

Gen-muhandisligining bugungi kundagi rivojlanish darajasini hisobga olganda, dunyoning yuzlab nuqtalarida joylashgan   bunday labobratoriyalar gʻarazli niyatda boʻlgan dushmanga katta imkoniyatlar berishi mumkin.

Oxirgi vaqtlarda Rossiyaning Janubida qishloq xoʻjalik epidemiyalari soni oshib bormoqda. Mutaxassislar fikriga koʻra, shimoliy yarim sharda Afrika vabosi tarqalishiga faqat bir sabab boʻlishi mumkin – bu oʻsha virusning laboratoriya sharoitida modifikatsiya qilinishidir.

Yamal orolida 2016 yilda birdan tarqalgan kuydirgi (Sibirkaya yazva) virusi ham oʻta shubhali holatdir. Oʻtgan 75 yil davomida bunaqasi kuzatilmagan edi. Bir zumning oʻzida 24 nafar mahalliy aholidan kuydirgi virusi topildi. 2500 bosh zararlangan kiyiklarni yoʻq qilib tashlashga toʻgʻri keldi. Mutaxassislar fikriga koʻra, bu diversiya boʻlishi ehtimoldan xoli emas.

Yuqumli kasalliklarni tashuvchi chivin - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Zika virusi tarqalishining oldi olinmoqda

AQSH biologik markazlari xodimlari oʻzlari bajarayotgan ishlarning oxirgi maqsadi nima ekanligidan xabari boʻlmasligi ham mumkin. Pentagon mikrobiologlari olib borayotgan ishninig strategik muhim ahamiyatga ega ekanligi ushbu maqsadda xarajat qilingan mablagʻlar miqdoridan ham bilib olish mumkin: Ukrainada 175 mln, Gruziyada – 150 mln, Qozogʻistonda – 130 mln. dollar. Vaholanki, oxirgi yillarda eng xavfli viruslar hujumlari Afrika va Janubiy Osiyo qitʼalarida boʻlib oʻtmoqda. Ukraina, Gruziya yoki Qozogʻistonda bunday epidemiyalar kuzatilgani yoʻq.

Javob choralari

Rossiya oʻz hududida epidemiologik va virusologik xavfsizlik choralarini koʻrgan va maʼlum nazorat choralarini ham saqlab qolgan. Afsuski, MDHning Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston va Ukraina  kabi baʼzi mamlakatlari, AQSH yordami evaziga, nafaqat oʻz hududlarini Pentagonning biologik eksperimentlari uchun ochib berishgan,  balkim amerikaliklarga sobiq SSSR davrida ishlab chiqilgan biologik qurol namunalarini: zararli kasallik qoʻzgʻatuvchi va jangovor virus shtammlarini ham berib yuborishgan. Bunday yoʻqotishlarni oʻrnini bosish juda mushkul.

Eslatib oʻtamiz, sobiq Ittifoq davrida vabo, kuydirgi, qorachechak, Lassa va Ebola viruslari asosida, ulardan koʻra bir necha borbar xavfli boʻlgan, har qanday himoyadan oʻtish qobiliyatiga ega boʻlgan “jangovar viruslar” ishlab chiqarilgan edi.

Qozogʻiston va Qirgʻiziston chegarasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston kuydirgi kasalligi tufayli Qozogʻiston bilan chegarada nazoratni kuchaytirdi

Har qanday biologik qurol shubhasiz butun dunyoning ertangi kuniga xavf soladi. Nazoratsiz oʻtkazilayotgan tajribalar butun mamlakat yoki xalqlarning qirilib ketishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli dunyoning aksariyat mamlakatlari Biologik qurol tarqalishini oldini olishga qaratilgan 1925 yilgi Jeneva konventsiyasi, 1972 yilgi xalqaro konventsiyalarga aʼzo boʻlgan va biologik qurol tarqalmasligi tarafdori. AQSH boʻlsa, yakka tartibda 2001 yilda ushbu konventsiyalardan chiqib ketgan.

Aytish joizki, bugungi kunda biologik qurollarning turli koʻrinishlari ishlab chiqarilmoqda. Biologik qurol inson genetikasini, psixiologiyasini, immunitetini yoki nasl yaratish qobiliyatiga qarshi qaratilgan boʻlib, u butun boshli millatlarni biror dona oʻqsiz qirib yuborishi mumkin.

Lotin Amerikasida 2015 yilda 3-4 mln kishiga yuqqan Zika lixoradkasini esga oling. Zika virusi homilador ayollarning homilasiga zarar yetkizish xususiyatiga ega edi. U bolaning bosh miyasida mikrotsefaliya kasaliga olib kelar va natijada goʻdak nobud boʻlar ekan. Zika virusining tabiiy manbaasi qayerda ekanligi hali ham aniqlanmagan. Buni shunchaki tasodif deyish mumkinmi?

Jamiyat
Davlat sanitariya boshqarmasi kuydirgi kasalligi haqidagi mish-mishlarni inkor etdi

Yoki 2016 yilda Janubiy Koreyada tarqalgan Ebola lixoradkasini eslasak. Oʻshanda OAVlar Ebola virusi AQSH biologik laboratoriyalaridagi baxtsiz hodisa oqibatida odamlar orasida  tarqalib ketgan deb yozgan edi.

Undan tashqari biologik qurol qishloq xoʻjaligiga va mamlakat iqtisodiga ham ulkan zarar yetkizishi mumkin. “Qush grippi” yoki “Choʻchqalar grippi” epidemiyalari ayrim mamlakatlar (masalan Xitoy) iqtisodiga millionlab dollalik zarar yetkizgani hammaga maʼlum.

Rossiya oʻz xalqi va millatini himoya qilish maqsadida, biologik qurol xavfi haqida nafaqat boshqalarni ogohlantirish, balkim himoya chizigʻi yaratish yoʻlidan bormoqda. Shu sababli boshqa MDH mamlakatlari ham ushbu xavflardan ogoh boʻlib “sogʻlomlashish” yoʻliga oʻtsa maqsadga muvofiq boʻlar edi.

Yangiliklar lentasi
0