O‘zbekistonda Zika virusi tarqalishining oldi olinmoqda

© Commons.wikimedia / Jim GathanyYuqumli kasalliklarni tashuvchi chivin
Yuqumli kasalliklarni tashuvchi chivin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kungacha mamlakatimizda Zika virusini yuqtirganlar qayd etilmagan.

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Mamlakatimizda xavfli infeksiyalar, shu jumladan, Zika virusining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda, deb xabar qilgan “Xalq so‘zi” gazetasiga Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi Bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Dilorom Tursunova, «Gazeta.uz» xabariga ko‘ra.

Mikrobiolog olim - Sputnik O‘zbekiston
Zika virusi issiq mamlakatlar aholisiga xavf solmoqda

«Barcha xalqaro aeroportlar, vokzallar va bojxona postlarida mamlakatimiz chegarasini kesib o‘tayotgan bemorni oldindan aniqlash uchun televizorlar o‘rnatilgan”, — deb ta’kidladi Dilorom Tursunova.

Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi Bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosarining ta’kidlashicha, ayni vaqtda O‘zbekiston hududida Zika virusini yuqtirganlar qayd etilmagan. Ushbu kasalliklarni chetdan olib kelib yuqtirish holatlari Yevropa mamlakatlarida qayd etilgan.

Zika virusi ham “Aedes” turkumiga mansub qon so‘rar “Aedes aegypti” va “Aedes albopictus” chivinlari chaqishi tufayli yuqadigan kasallikdir.
Zika virusi homilador ayollarga ko‘proq xavf soladi. Sababi virus homilador ayoldan bolaga yuqsa, chaqaloq mikrotsefaliya (boshning meyoridan kichik bo‘lishi) bilan tug‘iladi. Bu esa bolada aqliy zaiflik, ko‘rish va eshitish qobiliyatining pasayishini keltirib chiqaradi.Virusning yana bir xavfli jihati — u Giyena-Barre sindromini keltirib chiqarishi mumkin. U noyob autoimmun kasallik bo‘lib, mushaklar holsizligi bilan namoyon bo‘ladi. 15 foiz holatda sindrom falajlikni keltirib chiqarib, nafas yetishmovchiligi sababli o‘limga olib kelishi ham mumkin.

Yangiliklar lentasi
0