Zika virusi issiq mamlakatlar aholisiga xavf solmoqda

© James GathanyMikrobiolog olim
Mikrobiolog olim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rospotrebnadzor issiq mamlakatlarga otlangan sayohlarga, avval ushbu mamlakatda Zika virusi tarqalish qay darajada ekanligini aniqlab, keyin sayohat haqida qaror qabul qilishni maslahat beromoqda.

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Rospotrebnadzor o‘z  saytida, issiq mamlakatlarga sayohat qilinganda, Zika virusi bilan kasallanish xavfi borligi haqida ogohlanirmoqda.

“Tropik va subtropik mamlakatlarga sayohat rejalashtirganda, Rospotrebnadzor, yoki turoperator tomonidan ushbu mamlakatlardagi epidemioligik vaziyatni o‘rgnanish, hamda dam olish uchun ushbu jihatdan xavsiz mamlakatlarni tanlashni”, — tavsiya qildi.

Xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda ushbu virusga qarshi vaksina hali ishlab chiqilmagan. Kasallik asosan chivin chaqishi oqibatida yuqadi, shuning uchun bugungi kunda undan saqlanishnig eng yaxshi chorasi bu chivin chaqishiga yo‘l qo‘ymaslik.

“Kasallikni oldini olishning eng yaxshi usuli – bu chivin chaqishini oldini olishdir. Buning uchun maxsus spreylardan foydalanish, tanani to‘liq berkitadigan ochiq rangli kiyim kiyib yurish, deraza va eshiklarga maxsus pardalar tutish, binolar ichida konditsioner ishlatishni”, —  tavsiya berishmoqda muassasada.

Homilador ayollar, yosh bolalar va keksalar chivin chaqishidan judayam ehtiyot bo‘lishlari kerak. Bu borada turli suv havzalariga yaqinlashganda ehtiyotkorlikni unutmaslik kerak, chunki turli hovuz va ko‘llar chivinlarnig tuxum qo‘yadigan va ko‘payadigan joyi.   

Uzoq mamlakatlardan qaytib kelgandin keyin bir necha hafta davomida kasallik belgilari paydo bo‘lganda (tana haroratining oshishi, uchuq, konyunktivit, mushaklar va bo‘g‘inlar og‘rig‘i, holsizlik), darhol kasalxonaga murojaat qilish kerak.

Zika bezgaki – maymunlardan tarqagan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, odamga yuqqanda uning simptomlari bezgak kasalligiga o‘xshaydi. Virus homilador ayollar uchun juda xavfli bo‘lib u mikrotsefaliya oqibatida homila miyasini shikastlaydi.

2016 yil 27-yanvar holatiga Zika bezgaki bilan shikastlanganlar Shimoliy va janubiy amerika, Osiyo-Tinch okeani hududida 27 mamlakatida aniqlangan: Barbados, Boliviya, Braziliya, Kabo-Verde, Kolumbiya, Ekvador, Salvador, Fidji, Fransiya Gvianasi, Gvadelupa, Gvatemala, Gayana, Gaiti, Gonduras, Maldiv, Martinik, Meksika, Yangi Kaledoniya, Panama, Paragvay, Puerto-Riko, Sen-Marten, Samoa, Solomon orollari, Surinam, Venesuela va Tailandda.

 

Yangiliklar lentasi
0