TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Yerevan shahrida o‘tkazilgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari Hukumatlararo kengash yig‘ilishida Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjon Sagintayev qozoq-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha "yo‘l xarita"ni imzolamadi.
Ushbu qaror xolisonaligi bo‘yicha Qozog‘iston va Qirg‘iziston amaldorlarining fikrlari bo‘linib ketdi.
"Nur Otan" partiyasi jamoatchilik instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Telnov Qozog‘iston hukumatining qarori mantiqiy deb hisoblaydi.
"Qirg‘iziston bizdan barcha qoidalarni juda qat’iylik bilan bajarishni talab qilgandan keyin, aslida ularni hech kim buzishni istamagan, Qozog‘iston tomonining reaksiyasi iqtisodiy bitimlar qanday ijro etilayotganligiga qaratilgan. To‘g‘ri, ular imtiyozga ega. Ularda Xitoyga olib kirish narxi bir necha baravar (25 foiz)ga arzon, demak ular Xitoy tovarlarini faqat o‘zida ishlatish majburiyatini oladilar. Negadir ular ushbu mahsulotlarni ichki davlat ehtiyojidan 5 baravar ortiq olib kiradilar. Bu tovarlar hammasi qayerga ketmoqda? Tushunarli qayerga", — deb ta’kidladi Sputnik Qozog‘istonga Vladimir Telnov.
Qozog‘iston bosh vaziri yig‘ilishda Qirg‘izistonning bojxona ma’murchiligi kuchsiz ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Buning oqibatida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq davlatlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2,68 milliard dollar yo‘qotilgan. Sagintayev so‘zlariga ko‘ra, chegarada ko‘rilayotgan choralar Qirg‘izistonga qarshi emas va yuk tashuvchilarning qoidabuzarliklarini aniqlashga qaratilgan.
Chegaradagi murakkab vaziyat
Ikki davlat o‘rtasida yuzaga kelgan masala xususida qirg‘izistonlik ekspert, iqtisodiyot fanlari doktori Jumaqodir Akeneyev juda achingan holda fikr bildirdi.
Qirg‘izistonlik mutaxassis chegarada tekshirilayotgan mashinalarning 80 foizi Rossiyaga, qolgan qismi esa Qozog‘istonga ketmoqda.
"Bugungi kunda go‘sht-sut mahsulotlar qiyinchiliklar bilan o‘tayotganligi birinchi navbatda Qozog‘iston fuqarolariga ta’sir qilmoqda. Olmaota, Jambil viloyat aholisini deyarli hammasini go‘sht va sut bilan biz — Qirg‘iziston Respublikasi ta’minlayapti. Bu haqda jim turish mumkin emas", — dedi Jumaqodir Akeneyev.
Bu fikrlarga Vladimir Telnov quyidagicha javob berdi: Qozog‘iston "qora import" muammosini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish kerakligi uchun "yo‘l haritasini" imzolamadi. Iqtisodiy masalalar siyosiy masalalar bilan uzviy bog‘liqligini unutmaslik kerak.
"Gapirayotgan narsalar mening ekspertlik fikrimdir. Davlat pozitsiyasi emas. Agarda sen siyosat sohasida bir nimani "turtgan" bo‘lsang yoki biron harakat qilsang, bu shak-shubhasiz iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatadi. Biz bir-birimizga o‘ta vazmin va ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishimiz kerak. Chunki buning ortidan ko‘plab oddiy insonlar, tadbirkorlar va oxir-oqibat davlatlarimiz moddiy farovonligi turibdi", — deb vaziyatga izoh berdi Telnov.
Adovat xaritasi
Qirg‘iz-qozoq chegarasidagi muammolar 10-oktabr kuni boshlangandi.
18 oktabr kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov Ostonaga tashrif buyurdi. U yerda fuqarolar shaxsiy yuklari, avtobus yo‘lovchilari va yengil mashina va bo‘sh yuk mashinalar nazoratini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Shundan keyin chegarada mashinalarni tezroq o‘tkazishni boshlangandi.
Sal ilgariroq Yerevanda 48 banddan iborat bo‘lgan, davlatlarning yaqin istiqbolda kelishilgan transport siyosatini amalga oshirish bo‘yicha maxsus "yo‘l xaritasi" imzolanishi haqida axborot berilgandi.
Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirli Artem Novikov Qozog‘iston tomonining pozitsiyasi o‘rganib chiqilib, javob berilishi, shuningdek Bakitjan Sagintayevning ushbu bayonnoti chegaradagi muammoni hal qilishga hech qanday yordam bermasligini aytib o‘tdi.
Chegaradagi vaziyat yuzasidan payshanba kuni ertalab Bishkekda Qozog‘iston elchixonasi oldida 20-25 kishi norozilik piketi tashkil qilindi. Qozog‘iston TIVga ko‘ra, Qirg‘iziston jamoatchiligi vaziyat haqida noto‘g‘ri xabardor etilgan.