Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida avtomobillar harakati boshlandi

Obuna bo‘lish
Bugun ertalab o‘zbek-qozoq chegarasining Qozog‘iston tomonida 150dan ortiq yuk avtomobillari jamlanib qolganini xabar bergan edik.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Xitoydan yuk olib kelayotgan 10 ga yaqin Qozog‘istonga tegishli avtomobillar O‘zbekiston bilan chegarani kesib o‘tishga ruxsat olishdi, undan ortiq murojaatlar kelib tushgani yo‘q, deb xabar  qildi RIA Novosti O‘zbekiston Transport agentligiga asosan.

Probka iz fur na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida 150 dan ziyod yuk mashina to‘planib qoldi

Biroz oldin Qozog‘iston Sarmoya va rivojlanish vaziri Murat Jumanbay 150 ta Qozog‘istonga tegishli avtomobillar o‘zbek-qozoq chegarasida jamlanib qolganini xabar bergan edi. Vazir aytishiga qaraganda 40ta avtomobilda uchinchi mamlakat hududiga yuk olib o‘tish uchun chegarani kesib o‘tish maxsus blankalari bo‘lmagan.

"Bizga o‘nga yaqin yuk tashuvchilar murojaat qilishdi va ularga qo‘shimcha ruxsatnoma blankalari berildi. Ular O‘zbekistonda yirik inshootlar uchun qurilish materiallari olib kelishmoqda. Bundan boshqa murojaatlar kelib tushmadi", — dedi nashr bilan suhbatda bo‘lgan vazirlik vakili.

O‘zbekiston vakili chegarada jamlanib qolgan 150ta avtomobil haqidagi ma’lumotlarga izoh bera olmadi, chunki ushbu holat Qozog‘iston hududida sodir bo‘lgan va O‘zbekiston  tomoni buni aniqlash imkoniga ega emas.  

"Bu oddiy holat, bu yerda hech qanaqa vahima bo‘lishi kerak emas. Odatda, bunday holatlar, rasmiy so‘rovga binoan tezda hal qilinadi", — dedi agentlik vakili.  

Qozog‘iston Sarmoyalar vaziri o‘rinbosari aytishiga qaraganda bunday tirband paydo bo‘lishiga sabab — Qozog‘istondan O‘zbekistonga yo‘l olgan transport  oqimining keskin kuchayishidir. 2017-yilda  1200 ta blank olingan va ulardan Qozog‘istonlik yuk tashuvchilarga 1187tasi berilgan, lekin shundan 498tasidan foydalanilgan. Qozog‘iston transport qo‘mitasi vakillari ushbu vaziyatni o‘rganib chiqishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0