Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida 150 dan ziyod yuk mashina to‘planib qoldi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovProbka iz fur na granitse
Probka iz fur na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chegarada Qozog‘iston yuk tashuvchi kompaniyalariga tegishli bo‘lgan 155 ta yuk mashinalari to‘planib qoldi

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida Qozog‘iston yuk tashuvchi kompaniyalariga tegishli bo‘lgan ko‘plab yuk mashinalari to‘planib qoldi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston nashriga investitsiya va rivojlantirish vazirligi bo‘yicha rasmiy vakili Murat Jumanboy ma’lum qildi.

Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat

"Hozirgi kunda o‘zbek-qozoq chegarasida "B.Konusbayev" nazoratdan o‘tish joyida 155 dona qozoq yuk mashinalari to‘planib qoldi. Buning asosiy sababi — O‘zbekiston tomon harakatlanayotgan mashinalarning sezilarli darajada ko‘payib ketgan", — dedi Jumanboy.

Shuningdek, Jumanboy Xitoydan O‘zbekistonga yuklar olib kelayotgan ushbu avtotransport vositalarining qariyb 40 tasida uchinchi davlatlardan chiqish/kirish uchun ruxsatnoma beruvchi o‘zbek blankalari yo‘qligini ma’lum qildi.

"Shu bilan birga, joriy yilda 1 200 dona blankalar almashish amalga oshirildi, ulardan 1 187 tasi Qozog‘iston tashuvchilariga berilgan, biroq faqatgina 498 tasidan foydalanildi. Hozirda transport qo‘mitasi vakillari ushbu vaziyatning sabablarini aniqlashmoqda", — deb qo‘shimcha qildi Murat Jumanboy.

Qozog‘iston investitsiya va rivojlantirish vazirligi vakiliga ko‘ra, 9 oyi davomida O‘zbekistonga Qozog‘iston yuk tashuvchilari tomonidan yetkaziladigan yuklar hajmi 11 foizga ortdi.

So‘nggi vaqtlarda Qozog‘iston chegarasida birinchi tirbandlik sodir bo‘lmayapti. Sal ilgariroq Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasida bu kabi holat sodir bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0