TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Qirg‘izistonning bir qator sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari mahsulotlarini Qozog‘istonga olib kirish ta’qiqlandi, deb xabar qimoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Qozog‘iston Axborot va kommunikatsiya vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasi kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda. Nazorat YeOII qonunchiligini bajarish va mahsulotlar noqonuniy importini cheklash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, xabarda aytilishiga ko‘ra, 10-oktabrdan boshlab ikki mamlakat umumiy chegarasida kuchaytirilgan veterinar nazorati o‘rnatilgan. Ayni damda 6ta chegara nazorat punktida 32 nafar inspektor xizmat qilmoqda.
“Ayni damda beshta Qirg‘iziston sutni qayta ishlash korxonasiga nisbatan mahsulotni Qozog‘istonga eksport qilish bo‘yicha cheklov o‘rnatilgan. Bunga ushbu korxonalar mahsulotlarida oldin aniqlangan qoidabuzarliklar sabab bo‘lgan. Yana ikki qirg‘iz korxonasi mahsulotiga nisbatan kuchaytirilgan laboratoriya nazorati o‘rnatilgan”, — deyilgan muassasa xabarida.
13 oktabr kuni “Qorasu” nazorat punktida oziq-ovqat mahsulotlarini qoidabuzarliklar bilan Qozog‘iston hududiga olib kirilayotgani aniqlangan va unga nisbatan 226,9 ming tanga jarima qo‘llanilgan. Mahsulotlar orqaga qaytarilgan.
“Qirg‘iziston mahsulotlariga nisbatan veterinar nazorati kuchaytirilishi munosabati bilan ularni Qozog‘istonga olib kirish hajmi keskin kamaygan va tranzit qilish umumman kuzatilmayapti”, — deyilgan vazirlik xabarida.
Qirg‘iziston veterinariya va fitosanitariya davlat inspeksiyasi direktori Kalis Jumakanov Sputnikka bergan xabariga ko‘ra, Qirg‘izistonning 28 korxonasi Qozog‘istonga mahsulot olib kirish huquqiga ega, ulardan 15tasi sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Jumakanov hech qanday ta’qiqdan xabari yo‘qligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 10-oktabrdan boshlab qozoq-qirg‘iz chegarasini kesib o‘tayotgan fuqarolar qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Uchta nazorat punktida ulkan navbatlar va avtomobil tirbandlari paydo bo‘ldi. Bir sutka o‘tib Qozog‘iston xavfsizlik qo‘mitasi ushbu choralar Qirg‘izistondagi saylov bilan bog‘lik deb xabar qilishdi.
Almazbek Atambayev 15-oktabr kuni bergan intervyusida Qozog‘iston tomonidan ko‘rilayotgan ushbu choralarga nisbatan o‘zining keskin salbiy munosabatini bildirdi va “saylovdan bir-ikkin kun o‘tib, chegara ochilmasa “YeOII davlat rahbarlari Kengashini chaqirishini” aytgan edi.