Jasur Ibrohimov ishi bo‘yicha Islombek To‘laganovning otasi ko‘rsatma berdi

© SputnikAbdujalil Rasulov - otes Isloma Tulaganova, obvinyayemogo v dele ob ubiystve Jasura Ibragimova
Abdujalil Rasulov - otes Isloma Tulaganova, obvinyayemogo v dele ob ubiystve Jasura Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom To‘laganovning otasi sud zalida Jasur Ibrohimovning kasalxonaga tushgani haqida eshitgan kundan boshlab, u tuzalib ketishi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilgani va yordam berganligi to‘g‘risida so‘zladi

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Jasur Ibrohimov ishi bo‘yicha ayblanuvchi kursisida o‘tirgan Islombek To‘laganovning otasi — Abdujalil Rasulovning aytishicha, Jasur Islombek bilan "kelishib ketishi"ga ishongan. U bu haqda dushanba kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida gapirib berdi, deb xabar qildi sud majlisida ishtirok etgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Molotok - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimov ishi: Islombek To‘laganovni qo‘shimcha advokat himoya qiladigan bo‘ldi
9 oktabr kuni Toshkent shahrida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha oltinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sud poytaxtdagi Mirobod tuman sudida ochiq tartibda o‘tkazildi va besh soatcha davom etdi.

"Jasur Islombek bilan kelishib ketishiga ishonar edi"

"2017 yil 4-may kuni soat 19.00larda o‘g‘lim Islom 14-kasalxonaga kelishimni so‘radi. O‘g‘lim menga Jasur bilan urishib qolganini va u kasalxonaga tushganini aytdi", — dedi Abdujalil Rasulov.

Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
Vrach ko‘rsatmasi: Jasur Ibrohimov kasalxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan edi
Guvohning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonada bo‘lgan rafiqasi Jasurni ko‘rib chiqqanini aytib, unga "Siz ham ko‘rib chiqing" degan.

Rasulov Jasurning yoniga reanimatsiya bo‘limidagi "binafsharang xalat kiygan" sanitarkalar ruxsati bilan kirganligini ma’lum qildi.

Guvoh o‘z ko‘rsatmalarida Jasur uni ko‘rgani kelgan kursdoshi va otasini ko‘rib, "Ayam "02"ga xabar qivoribdi. Islombek bilan kelishib ketamiz" deganini aytdi.

"Islombek ham "Jasur tuzalib ketgin" dedi va biz chiqib ketdik", — dedi Rasulov o‘zining reanimatsiya bo‘limiga nega kirganiga izoh berar ekan.

Guvoh prokuror tomonidan berilgan "Reanimatsiyaga kirish oldidan o‘zingizni "Jasurning dodasiman" deb tanishtirganmisiz?", — degan savolga rad javobini berdi.

Islombek Turkiyaga qanday maqsadda ketgan edi?

Zasedanie po delu ob izbiyenii Jasurbeka Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimovning kursdoshlari sudda guvohlik berishdi
Guvoh Abdujalil Rasulov o‘z ko‘rsatmalari davomida Islombek To‘laganov o‘qish vaqtida haqiqatda Turkiyaga borib kelganini tasdiqladi.

Prokurorning "O‘qish yilini yakunlamasdan turib qanday qilib Turkiyaga jo‘natdingiz?" degan savoliga avvaliga "Siz menga 104-modda bo‘yicha savol bering", — deya javob berishdan bosh tortgan Rasulov, sudyaning "Prokurorning savoliga javob bering" degan gapidan so‘ng "Yetvolaman dedi, shunga yubordim", dedi. 

Rasulov shuningdek, o‘g‘li Islombek To‘laganov Turkiyaga qochib ketish uchun emas, borib kelish uchun borganligini qo‘shimcha qildi.

Islom haqida otasining fikrlari

Jabrlanuvchi tomon advokati Ismoilovaning "O‘g‘lingiz bilan munosabatlaringiz ishonchga asoslanganmi? Unda nega Islom urush qilgan kuni sizga bu haqda ma’lum qilmadi?" degan savoliga javoban guvoh Rasulov "Munosabatlarimiz ishonchli. Shunchaki, Islom "haqiqiy chidamli bola", deya xarakteristika berdi.

Dilshod Abdullayev, svidetel - Sputnik O‘zbekiston
Hammasi Gabrielani deb bo‘ldi - Jasur Ibrohimov ishi bo‘yicha guvoh Abdullayev ko‘rsatmasi

"Unda nega sizga bu haqda aytmaydi yoki muammolarini sizdan yashiradimi" degan savolga esa: "Mana shunday vaqtlarda aytmaydi, chidaydi, uning hech qachon muammosi bo‘lmagan" deb ta’kidladi.

Abdujalil Rasulov o‘z ko‘rsatmalari davomida Jasur kasalxonaga tushgan kunidan boshlab, shu bola tuzalib ketishi uchun harakat qilganini, yelib-yugurganini, Jasurning onasiga 3 mln so‘m atrofida moliyaviy yordam berganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, sudlanuvchilar kursisida o‘tirgan o‘n sakkiz yashar Islombek To‘laganov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104 moddasi 3 bandi (qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish va bu orqali jabrlanuvchining o‘limiga sababchi bo‘lish) bo‘yicha ayblanmoqda.

Sud majlisida shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud tibbiy ekspertiza Bosh burosi eksperti Farhod Lochinov, guvohlar — Timur To‘xtayev hamda Dilshod Abdullayevlarning ko‘rsatmalari tinglandi.

Yangiliklar lentasi
0