Hammasi Gabrielani deb bo‘ldi - Jasur Ibrohimov ishi bo‘yicha guvoh Abdullayev ko‘rsatmasi

© SputnikDilshod Abdullayev, svidetel
Dilshod Abdullayev, svidetel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oltinchi sud majlisida guvohlik bergan Dilshod Abdullayev nega Jasur bilan "orani ochiq qilgani" sababini gapirib berdi

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Mirobod tuman jinoiy ishlar sudida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimovning o‘limi yuzasidan oltinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Lochinov Farhod Nazarovich, sud eksperti - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimov ishi bo‘yicha davlat sud eksperti ko‘rsatma berdi
Bu galgi sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud tibbiy ekspertiza Bosh burosi eksperti Farhod Lochinov, sudlanuvchi kursisida o‘tirgan Islom To‘laganovning otasi — Abdujalil Rasulov, guvohlar — Timur To‘xtayev hamda Dilshod Abdullayevlarning ko‘rsatmalari tinglandi.

Eslatib o‘tamiz, Borovskiy kolleji talabalari Jasur Ibrohimov va Islombek To‘laganov o‘rtasidagi urush Jasur Ibrohimov va Dilshod Abdullayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan "suhbat"dan so‘ng yuz bergan.

Ikkinchi sud majlisida so‘roq qilingan To‘laganov bu haqda quyidagilarni gapirib bergan: "Kollejda men o‘rtog‘im Dilshod va Jasur nima haqdadir surishishayotganini ko‘rib qoldim. Ularning yoniga borib, nima gapligiga qiziqdim. Dilshod esa menga Jasur uning singlisiga SMSlar yuborganini, va bu narsa unga yoqmaganini aytdi. Men do‘stimga Jasur lat yeganini aytib, u bilan tenglashib o‘tirmaslikni va urishmaslikni maslahat berdim".

Islombekning aytishicha, aynan "lat yegan" degan gapni Dilshodga aytgani Jasurga yoqmagan va ertasi kuni shu sababli urush ro‘y bergan.

Oltinchi sud majlisida guvohlik bergan Dilshod Abdullayev nega Jasur bilan "orani ochiq qilgani" sababini gapirib berdi.

Dilshodning aytishicha, o‘rtoqlaridan Jasur uning tutingan singlisi Gabrielga gap otib, tegajog‘liq qilib yurganini eshitgach, u bilan "erkakchasiga" gaplashib olishni maqsad qilgan.

Zasedanie po delu ob izbiyenii Jasurbeka Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimovning kursdoshlari sudda guvohlik berishdi
Sudyaning aniqlashtiruvchi savoliga, Dilshod, Gabriel bilan yoshlikdan birga katta bo‘lishganini va uni o‘z singlisidek ko‘rishini ma’lum qildi.

"Darsdan chiqqanimizda, soat 3-4larda, Jasur yo‘limdan chiqib qoldi. Men unga Gabrielga tegajog‘lik qilma, singlim bo‘ladi, dedim. Shu payt Islom yonimizga keldi. Uni "travmasi bor" dedi va shu bilan o‘tib ketdi", — hikoya qildi Dilshod.

Dilshod Abdullayev Islombek To‘laganov bu harakatni "yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan urushning oldini olish maqsadida amalga oshirdi" deya izohladi.

Shu bilan birga, u juda og‘ir oqibatlarga olib kelgan ma’lumotni (Gabriellaga tegajog‘lik qilyapti ekan degan gapni, tahr.) kim aytganini sudyaga oshkor etishni xohlamadi.

Dilshod sud davomida prokuraturada bergan ko‘rsatmalarini ko‘pini o‘zgartirdi, xususan,oldinroq Islombek "On bolnoy dedi", deb ma’lumot bergan bo‘lsa, ayni vaqtda men bunday deb aytmaganman, Islombek "Jasurning travmasi bor", degan deb turib oldi.

Islombek To‘laganov ham "men Jasurni u "bolnoy" deb aytmaganman", — deya Dilshodning oldingi ko‘rsatmalarni tan olmadi.

Yangiliklar lentasi
0