TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Andrey Zaxvatov. Yuz yil oldin, 1917-yilda Markaziy Osiyo hududida maydoni bo‘yicha sayyorada uchinchi bo‘lgan Orol dengizi havzasida 3,5 million gektar yer sug‘orilardi.
Barcha suv muammolardan eng og‘iri
Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turmaniston va Qozog‘iston sug‘oriladigan yerlar maydoni yuz yilda, 2017-yilga kelib tahminan 4 baravarga 3 dan 11 million gektarga ortdi. Aholining soni esa besh baravarga 70 million kishiga yetdi. Aholi soniga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan shudgor yerlarda har bir mamlakat hududida qisqardi, Tojikistonda bu ko‘rsatkich o‘ta past miqdorga yetdi (sovet ittifoqi o‘lchovi bo‘yicha): bir odamga sal kam 0,1 gektarni tashkil qildi.
O‘tgan asrning o‘rtalarida Sobiq Ittifoq rahbariyati oldida Markaziy Osiyo sovet respublikalarining keskin tarzda ko‘payotgan aholini boqish vazifasi o‘ta dolzarb tus oldi. Ushbu masalani hal qilish uchun oddiy yo‘l tanlab olindi.
Qishloq xo‘jaligida suvni tejash texnologlarini joriy etish o‘rniga hosil olish maydonlari kengaytirib borildi. Yer sug‘orishda esa qadimdan qolgan ustki sug‘orish texnikasidan foydalanildi. Bu esa suvni haddan tashqari isrof bo‘lishi va filtratsiyaga sarflanishga olib keldi.
Bularning barchasi o‘ta salbiy oqibatlarga olib keldi. Xususan, Orol dengizini ta’minlab turadigan Sirdaryo va Amudaryodan suv olish hajmi tez ortib bordi. Qachonlardir baliqchilik kemalari suzgan dengiz deyarli nobud bo‘ldi.
Nima uchun bunday bo‘ldi?
Bu savolga javob berish uchun, qator ekspertlar Sovet Ittifoqining 60 yillardagi davlat rejalashtirish va boshqaruv tizimi sabab degan fikr bildirishmoqda.
Sovet Ittifoqi tashqi dunyodan yopiq bo‘lgani tufayli paxta bilan o‘zini ta’minlash kerak va xorijdan import qilish masalasi ko‘rib chiqilmagan. Shu tufayli Markaziy Osiyo respublikalarida paxta yetishtirish maydonlari kengaytirib borilgan.
Paxta ko‘p suv talab qiladigan o‘simlikdir. Cug‘orish mavsumida paxtani kamiga 10-11 marta sug‘orish kerak bo‘ladi. Ushbu jarayonda har bir gektarga 11-13 ming kubmetr suv yuboriladi. Misol tariqasida guruch yetishtirishda dalalariga bir gektarga 20 ming kubmetrgacha suv yetkaziladi. Magistral suv kanallarining 60 foizdan ortig‘i, shuningdek, xo‘jaliklar o‘rtasidagi va ichki suv yig‘ish va sug‘orish tarmoqlarining tubi qoplamasiz va usti ochiq bo‘lganligi sababli juda ko‘p miqdorda suv filtratsiya va bug‘lanish oqibatida yo‘qotilgan.
Tojikiston va O‘zbekistonda suvni tejash bo‘yicha yangi texnologiyalar ishlab chiqarilar edi, ammo shiddatli paxta yetishtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish uchun harajatlar tufayli mamlakatlarda ularni tatbiq etishga imkon berilmas edi.
Sirdaryo va Amudaryoning suv miqdori oqib kelishi 70-80 yillarda yiliga borgan sari kamayib ketgan. Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin vaziyat yanada keskinlashdi. Orol dengiz sathidan asrning so‘ngi choragida har yili million tonnagacha chang va tuz shamol bilan ko‘tarilmoqda. Bu ekologiyaga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Nima uchun Isroilda bunday emas
Xorijiy olimlarning tadqiqotlari, xususan isroilik olimlar, jazirama iqlim bo‘lishi va suv resurslari taqchilligiga qaramasdan o‘z oziq-ovqat xavfsizligi muammosini hal qilibgina qolmay, balki Isroilni yirik eksport qiluvchi mamlakatga aylanishga imkon berdi.
Markaziy Osiyo, Isroil, Hindiston va Xitoyda suvdan foydalanish sohasida tadqiqot o‘tkazgan tojikistonlik ekspert Akbar Saidzoda bir qator raqamlarni keltirib o‘tdi. Isroilda bir nafar kishiga shudgor yerlar maydoni 0,03 gektarni tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 3 baravar kamdir.
Aholisi 8,5 million bo‘lgan Isroil (Tojikistonda ham aholi soni deyarli bir xil) qishloq xo‘jaligi yiliga sug‘orish uchun tahminan 1,2 kub kilometr suv sarflanadi, Tojikistonda esa bu ko‘rsatkich 10-12 kub kilometrni tashkil qiladi.
Isroil suv xo‘jaligi sohasidagigi organlar tomonidan suvni tejash texnologiyalarini faol ravishda joriy qilinmoqda. Birinchi navbatda ekinlarni tomchilab sug‘orish tizimi joriy etilgan. Buning natijasida meva-sabzavotlarni yetishtirishga bir gektarga atigi 2,5 ming kubmetrdan suv sarflanadi. Xitoy va Xindistonda ham boshqa davlatlarga nisbatan suv tejamlanadi. U yerda bir odamga nisbatan sug‘oriladigan shudgor yerlar 0,04 gektarni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston va Tojikistonga nisbatan ikki baravar kamdir.
Markaziy Osiyo Sobiq Ittifoq davlatlari va Isroil ushbu ko‘rsatkichlarini qiyoslaganda, birinchi o‘rinda Orol dengizini qutqarish uchun paxta yetishtirishni qisqartirish va suvni tejash bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini qo‘llash zarurligini xulosa qilish mumkin. O‘shanda Sirdaryo va Amudaryo suvi yana Orol dengiziga yetib boradi va dengiz qayta tiklanadi.
Lekin muammolar kamaymayapti. Markaziy Osiyo davlatlarning aholisi ko‘paymoqda, shunga tegishli ravishda oziq-ovqat iste’mol xajmi ortmoqda. Yangi va qimmatbaho texnologiyalarni joriy qilish uchun moliyaviy resurslar yetishmayapti, paxta yetishtirish o‘rniga boshqa mahsulot yetishtirish turlari bilan almashtirish zarur, lekin hali hanuz yangi mahsulotlarni sotish bozorlari aniqlanmagan.
Shuning uchun dalalardan suvni Orol dengiziga o‘tkazish imkoni bo‘lmayapti. Buni kelgusi o‘n yilliklarda amalga oshirib bo‘lmaydi. Orol dengizi muammosini hal etish bo‘yicha boshqa yo‘llari ham bor.
Rossiya "suv donori" bo‘ladimi?
Sobiq Sovet Ittifoqi Melioratsiya va suv xo‘jaligi (Soyuzgiprovodxoz) loyiha institutining yetakchilari tomonidan 70-yillarning o‘zida Rossiyaning Ob darosini Qo‘rg‘onga, Chelyabinsk, Omsk viloyatlari orqali Markaziy Osiyoga o‘tkazish loyhasini texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqarilgan edi.
Ob dengizining bir qismini O‘rta Osiyoga yo‘naltirishga qaratilgan ushbu olamshumul g‘oya ekologlarning keskin e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi. G‘oya ijodkorlari esa, qo‘llarida hisob kitob bilan Ob darosining yillik hajmidan 7% suvini olish ekologiyaga ta’sir qilmasligini hamda Ob darosining quyi qismidagi botqoqliklar maydonini qisqaritish va Orol dengizi tiklanishiga olib kelishi isbotlashga harakat qilishardi.
Loyhaga 150 dan ortiq loyihalashtirish va ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxasisslari, jumladan Sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasining institutlari jalb qilingan edi. Toshkentda "Sredazgiprovodxlopok" ilmiy tekshirish instituti tomonidan "Orol dengizi havzasi suvlarini kompleks foydalanish chizmasi" ishlab chiqilgan eddi.
Gosplan mutaxassislari 80-yillarning ikkichi yarmida ushbu loyihani moliyalashtirish manbalarini qidirishni boshlagan edi. Lekin 1986-yilning 14-avgustida KPSS Markaziy qo‘mitasi va SSSR Vazirlar mahkamasi qo‘shma qarori bilan munozaralar keskin to‘xtatildi. Loyiha yopildi.
Markaziy Osiyoning mustaqil respublikalarida ham o‘tgan 30-yil ichida suvdan tejamli foydalanish texnologiyalari kiritilmadi. Orol dengizi qurishi oqibatida mintaqada ekologik vaziyat yanada yomonlashdi va davlatlar o‘rtasida suv masalasida bahslar shiddatli tus ola boshladi.
Bir qator ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo aholisi shiddatli ko‘payishi va suv taqchiligi muammosi hal qilinmasligi qibatida ijtimoiy notinchlik xavfi ham ortib bormoqda. Ushbu mudhish prognozlar amalga oshgan taqdirda, Ob dengizidan suv o‘tkazish loyihasi ustida bahs olib borish foydasiz bo‘ladi.
O‘z fikrlarini asoslagan holda, loyiha tarafdorlari 20-yil oldin gapirilmagan yangi fikrlarni ilgan surishmoqda: aholi ko‘payishi va ishsizlik Sobiq Ittifoq mamlakatlari hududidan Rossiyaga ko‘p millionlik mehnat migratsiyasi muammosini olib keldi.
Ekspertlar Sibir suvini o‘tkazishga yana bir dalil sifatida — Rossiya Markaziy Osiyoning 5ta davlatlari uchun "suv donori" bo‘lish maqomini olish natijasida ushbu davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni mustamkamlash borasi noyob imkoyatga ega bo‘lib, mintaqada o‘z pozitsiyasini kuchaytiradi, deyishmoqda.
Shubhasiz, suv o‘tkazish loyihasiga qaytish jarayonida ekologiya masalalari sinchkovlik bilan o‘tganib chiqish talab qilinadi. Loyihani moliyalashtirish masalasiga kelsak, balkim bunga Xitoy qiziqish uyg‘otishi mumkin. Chunki Xitoy uzoq vaqtdan beri neft va gazga boy bo‘lgan Kaspiy havzasi mamlakatlari bilan hamkorlik qilishni orzu qilmoqda. Buning uchun esa, hududda barqarorlik kerak.