Orol dengizida 210 tonna baliq nobud bo‘ldi

© REUTERS / Shamil ZhumatovOrol dengizi
Orol dengizi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu hodisa yuzasidan "Baliq zaxiralari muhofazasi qoidalarining buzilishi" va "mas’uliyatsizlik" moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Baliq zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarining buzilishi Orol dengizida baliqlarning ommaviy nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb xabar qildi Qizil O‘rda viloyati prokuraturasi matbuot-xizmati.

Orol dengizidagi kemalar qabristoni - Sputnik O‘zbekiston
BMT Bosh kotibi: Orol dengiziga sayohat meni larzaga soldi
Baliqlarning ommaviy nobud bo‘lishi hodisasi 8-avgustga o‘tar kechasi Ko‘k orol to‘g‘onining quyi qismida qayd etilgan.

Mutaxassislarning fikricha, Sirdaryoning qo‘yi qismi, jumladan, Kichik Orolga kelib tushgan katta hajmdagi suv ham ushbu fojia sababchisi bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi Sputnik Qozog‘iston nashri.

"Jazirama ob-havo va suv bosimining pasayishi oqibatida yuzaga kelgan shunday holat oqibatida 210 tonna yosh baliqlar nobud bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Qizil O‘rda viloyati tabiat muhofazasi prokuraturasi tomonidan "Baliq zaxiralari muhofazasi qoidalarining buzilishi" va "mas’uliyatsizlik" moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0