Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash dasturi ishga tushdi

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishOrol dengizi o‘rnidagi sahro
Orol dengizi o‘rnidagi sahro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMTning inson xavfsizligi Maqsadli fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan va BMT agentliklari amalga oshirayotgan qo‘shma dastur uch yil mobaynida uchta namunaviy tumanda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xavfsizlikni yaxshilashga ko‘maklashadi

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. BMT agentliklari Orol bo‘yidagi ekologik inqiroz oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha qo‘shma dasturni ishga tushirmoqda. Bu haqda BMT agentliklari vakili xabar berdi.

BMTning inson xavfsizligi Maqsadli fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan va BMT agentliklari amalga oshirayotgan "Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash" qo‘shma dastur uch yil mobaynida uchta namunaviy tumanda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xavfsizlikni yaxshilashga ko‘maklashadi. Qoraqalpog‘istonda 2012-2016 yillarda amalga oshirilgan tashabbuslar tajribasidan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi mazkur fond hisobidan yangi Qo‘shma dasturni amalga oshirish uchun eng katta ekologik xatar hududida joylashgan va aholisi 123 ming nafardan ko‘proq bo‘lgan Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Shumanay tumanlarini namunaviy hududlar deb belgilashni tavsiya qildi.

Ayni kunlarda mahalliy aholi uchun tanishtiruv seminarlari orqali fermerlar, qishloq fuqarolari yig‘inlari faollari, turli tuzilmalar va idoralar vakillari hamda xususiy tadbirkorlar ishtirokida dasturni joylarda ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda.

© press-slujba oonOrolbo‘yi dasturi bo‘yicha tanishtiruv seminari
Oznakomitelniy seminar dlya naseleniya o programme OON v Priaralye - Sputnik O‘zbekiston
Orolbo‘yi dasturi bo‘yicha tanishtiruv seminari

Seminar qatnashchilariga Inson xavfsizligi konsepsiyasiga muvofiq ishning eng muhim jihatlari, uni Orol dengizi qurishining salbiy ta’siri eng ko‘p sezilayotgan Qoraqalpog‘istonda qo‘llanishi istiqbollari haqida axborot berilmoqda. Muhokamalar jarayonida har bir tuman uchun o‘ziga xos "muammolar shajarasi"ni shakllantira borib, namunaviy hududlarda ekologik vaziyat oqibatida yuzaga kelgan asosiy muammolarni aniqlash uchun mahalliy aholi bilan interfaol munozaralar ham olib borilmoqda. Shu tarzda kelgusida hududdagi murakkab ekologik sharoitlarni inobatga olgan holda inson xavfsizligi Konsepsiyasi doirasida joylardagi rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, BMT qo‘shma dasturining muhim maqsadlaridan yana biri Orolbo‘yi mintaqasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ekologik muvozanatni saqlash, flora va faunani tiklash uchun Ko‘phamkorlik fondini tuzishda ko‘maklashishdan iboratdir.

Yangiliklar lentasi
0