Nazarboyev Toshkentda: harbiy birodarlik va kosmik istiqbollar

© Ofitsialniy sayt prezidenta Respubliki KazaxstanPrezidenti Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev
Prezidenti Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Toshkentga amalga oshirilgan davlat tashrifini juda ahamiyatli deb hisoblash mumkin: dolzarb va dunyo miqyosidagi masalalar bo‘yicha kelishuvlar hamda aniq shartnomalar ikki davlat munosabatlarni sezilarli mustahkamladi

TOShKENT, 19 sen — Sputnik, Anton Kurilkin. Harbiy hamkorlik, o‘zaro mahsulot aylanuvi va sayyohlar oqimini kengaytirish — Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga birinchi tashrifi Toshkent va Ostona o‘rtasida munosabatlarining mustahkamlashga qaratilgan bosqichning mantiqiy yakuni bo‘ldi.

Rabota bazi nefteproduktov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istondan 1 mln tonna neft olib keladi

Qurol-yarog‘, neft va savdo-sotiq ishlari

Oxirgi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar murakkab shaxmat partiyasini eslatar edi. Munosabatlar goh keskin, goh iliq bo‘lar, bir tomonning ayrim qadamlari ikkinchi tmon uchun og‘riqli kechar edi.

2017 yilda tomonlar o‘zaro murosa qilishga o‘tishdi. Bunday yondashishda, shaxmat o‘yinidan farqli o‘laroq, barcha o‘z yutug‘iga erishadi.

O‘tgan yil davomida prezidentlarning beshta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ularning uchtasi ikki tomonlama tashriflar davomida, ikkitasi — xalqaro sammit doirasida o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvlarda, ikki mamlakat orasida birinchi bor, harbiy hamkorlik bitimi va harbiy sohada hamkorlik qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. 

Prezidenti Uzbekistana i Kazaxstana Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Nazarboyev muhim hujjatlar imzoladilar
Hamkorlikning dastlabki, sinov qadami sifatida O‘zbekiston tomonidan Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan "Arlan" minadan himoyalangan, zirhli avtomobillarining xarid qilinishi bo‘lishi mumkin.

Qozog‘istonning harbiy sanoat kompleksining mahsulotlari bilan Toshkentda o‘tkazilgan ko‘rgazmada yaqindan tanishish mumkin. U yerda "Arlan" avtomobillaridan tashqari, o‘qotar quroldan himoyalangan nimchalar, optik pritsellarni ko‘rish mumkin. Shuningdek, ishtisoslashgan harbiy avtomobillar — qo‘mondon shtab va aloqa va radioelektr kurashish avtomobillari namoyish qilingan.

Shuningdek, Qozog‘iston O‘zbekistonga o‘zida ishlab chiqarilgan aloqa kosmik yo‘ldoshlarini ham taklif qildi.

"Qozog‘iston va O‘zbekiston koinot sanoati sohasida faol hamkorlik qilmoqda. Biz ushbu sohada o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Qozog‘istonning yo‘ldoshlari O‘zbekiston uchun yer hududlarini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin. Shu bilan birga, bular OAVlar uchun hozirgi narxlardan ko‘ra ko‘proq arzon bo‘ladi", — deb ta’kidladi Qozog‘iston prezidenti.

Tomonlar farmatsevtika va mashinasozlik sohalarda mahsulot aylanuvini yanada oshirish rejalashtirilgan. Nazarboyev va Mirziyoyev yana ikkita savdo vakolatxonalarini ochish masalasini ham muhokama qildilar.

Glava Kazaxstana Nursultan Nazarbayev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev - Nazarboyevga: o‘rtamizda hal etilmagan masalalar qolmadi
O‘zbekiston prezidenti so‘zlariga ko‘ra, hozir hamkorlik sezilarli natijalarni bermoqda. Sakkiz oy ichida o‘zaro tashqi savdoning hajmi 35 foizga ortib, 1,3 mlrd dollarni tashkil qildi.

"Biz o‘zimizga maqsad qo‘ydik, ushbu raqamni yil yakuniga qadar 2 milliard dollargacha yetkazish, istiqbollda esa 5 millardga yetkazish. Shu bilan birga biz amin bo‘ldikki, ikki milliardlik ko‘rsatkich bizning ushbu sohadagi munosabatlarining samarali imkoniyatlariga to‘liq javob bermayapti" — dedi Mirziyoyev.

Neftgaz sohasida ham rivojlanish bor. Qozog‘iston O‘zbekistonning mahalliy neftni qayta ishlovchi zavodlariga 1 million tonna neft mahsulotlarini yetkazib berishga tayyor.

Suv va sayyohlar

Mamlakat rahbarlari iqtisodiy masalalardan yanada murakkab bo‘lgan ekologik va gumanitar muammolarga o‘tishdi. Eng dolzarb va dunyo miqyosidagi masala bu suv resurslaridir. Nazarboyevga ko‘ra, tomonlar prinsipial kelishuvga erishdilar.

"Biz barcha uchun dolzarb bo‘lgan suv muammosini har tomonlama mahokama qildik. Biz barchamiz ikki katta daryo oralig‘ida yashaymiz, har doim shunday yashaganmiz, keyinchalik ham shunday bo‘ladi. Biz, men uylayman, bu masalada muvaffaqiyatga erishdik. Bu butun Markaziy Osiyo mintaqasining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga egadir", — deb ta’kidladi Qozog‘iston prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Nazarboyev o‘ndan ortiq hujjat imzoladilar
Prezidentlar Orol dengizi muammosini esga oldilar. Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tabiiy obyektni qutqarish faoliyati bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan xalqaro jamg‘arma ekologik inqirozni hal qilish yagona mexanizmi bo‘lib qoladi. Kelgusi yilda ushbu masala bo‘yicha yuqori darajada uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yana bir umumiy qiziqish bo‘lgan soha bu turizmdir. Ikki davlat o‘rtasidagi mehmonlarning oqimi bir yarim baravarga ortdi. Bunga sabab nafaqat madaniy hamkorlik jadallashuvi, balkim transport qatnovining yaxshilanishi hamdir. So‘ngi 8 oyda ichida ikki davlat shaharlari o‘rtasida yangi temir yo‘l, avtomobil va aviaqatnov marshrutlari yo‘lga qo‘yildi.

Minnatdorchilik va do‘stlik belgisi

Albatta, sharqona an’analarga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev yuqori darajadagi mehmonni sovg‘asiz qoldirmadi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z hamkasabasini ikki davlat orasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli "El-yurt Xurmati" ordeni bilan mukofotladi.

Nazarboyev o‘z minnatdorchilik so‘zida ushbu mukofot kelgusi uchun katta avans bo‘lishi, ikki davlat munosabatlarining yanada yuqori darajalarga ko‘tarish bo‘yicha istiqbolli vazifalari borligini aytib o‘tdi.

Toshkentdagi uchrashuvdan so‘ng prezidentlar Gurbanguli Berdimuxammedovning taklifiga ko‘ra Osiyo o‘yinlari ochilishida qatnashish uchun Turkmanistonga yo‘l oldilar. Ashxaboddan Mirziyoyev Nyu-Yorkka yo‘l oldi. U yerda BMTning Bosh Assambleyasida so‘zga chiqadi.

Yangiliklar lentasi
0