Tinchlik va do‘stlik: Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi qanday yakunlandi

© Ofitsialniy sayt prezidenta KirgizstanaPrezident Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oddiy qirg‘izistonlik va o‘zbekistonliklar nimani istashadi va bu haqda prezidentlar qanday fikrda, Sputnik Qirg‘iziston Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida tahliliy maqola chop etdi

Bakit Tolkanov

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Bir oy ilgari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan kelgandi. Bir oydan so‘ng Almazbek Atambayev O‘zbekistonga katta delegatsiya qurshovida javob tashrifi bilan keldi.

Qadrli mehmonlar

Qo‘shni mamlakatdan nafaqat yuqori lavozimli amaldorlar, balki tadbirkorlar ham kelishi kutilayotgandi: 200 nafar tadbirkordan iborat "qo‘shin" tashrif buyurdi. Toshkentda Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi hamda biznes forum o‘tkazildi. Qirg‘iziston savdo-sanoat palatasi boshlig‘i KR Marat Sharshekeyev ilgariroq 60-70 million dollarlik shartnoma imzolash rejalashtirilganini ma’lum qilgandi, lekin biznes delegatsiyasining muvaffaqiyati bundan ko‘ra ancha salmoqli bo‘ldi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

Obyatiya Atambayeva i Mirziyoyeva i sveti ot devushek — kadri iz Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atambayevni aeroportda kutib oldi

"200 million dollarlik kelishuvlar imzolandi va bu chegara emas", — dedi Mirziyoyev.

Buning uchun barcha asoslar mavjud edi, zero keyingi yarim yil ichida mamlakatlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash 10 baravarga oshdi. O‘zbekiston yetakchisi tadbirkorlar faol munosabatlar o‘rnatishayotganini va ularga xalaqit bermaslik kerakligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

Muvaffaqiyatlar faqatgina biznes sohasidagina emas. Ayni kunlarda O‘zbekistonning eng yaxshi artist va ijodkorlari Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyat kunlarida ishtirok etishmoqda.

"Tasodifni qarang, sizlar bizga mehmon bo‘lib keldingiz, biznikilar esa sizlarga", — dedi Mirziyoyev tabassum bilan.

Zambarakdan o‘q otilishi haqida

Prezidentlar ikki davrada — tor va keng tarkibda uchrashuvlar o‘tkazishdi, so‘ngra ommaviy axborot vositalari uchun bayonot berishdi.

Tor doiradagi uchrashuv boshlanar ekan Mirziyoyev Atambayevning tashrifi O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning ramziy davomi ekanligini qayd etdi.

Otkritie KPP Dostuk na granitse Kirgizstan-Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi "Vodil" posti ochildi

"Muhim jihatlardan biri — chegaralardagi nazorat-o‘tkazuv punktlarining ochilishidir. Odamlar bundan xursand va prezidentlardan minnatdor bo‘lishmoqda", — dedi davlat rahbari.

Mirziyoyev hamkasbining tashrifi bir necha sohalar, xususan harbiy-texnika sohasida hamkorlikning yangi ufqlarini ochishiga umid bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘iz delegatsiyasi tarkibida ko‘plab kuch ishlatish tizimlari vakillari borligi buning tasdig‘idir.

O‘z navbatida Atambayev tarixiy qarorlar qabul qilinishiga shaxsan Shavkat Mirziyoyev sababchi ekanligini, u "qirg‘iz xalqining birodari va do‘sti" ekanligini aytdi.

"Bir paytlar Qirg‘iziston va O‘zbekiston bir davlat — Qo‘qon xonligi tarkibida bo‘lgan. Biz birgalikda kuchlimiz", — ta’kidladi u.

Qirg‘iziston prezidenti mashhur iborani keltirib o‘tdi: "Tarixga tosh otsang, tarix seni zambarakdan o‘qqa tutadi".

Diplomatiya oqsoqollari nimalarni eslay olishmaydi

So‘ngra dasturga muvofiq, prezidentlar kengaytirilgan shaklda uchrashuv o‘tkazishdi. Ishtirokchilar soni oshishi bilan muhokama qilinadigan masalalar doirasi ham kengaydi.

Atambayev e’tiborni 85 foizi demarkatsiya va delimitatsiya qilib bo‘lingan qirg‘iz-o‘zbek chegarasi muammolarini hal qilishga qaratdi. U prezidentlik muddati yakunlanguniga qadar qolgan 217 kilometr chegarani ham belgilash ishlari nihoyasiga yetishiga umid bildirdi.

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Senat Qirg‘iziston bilan chegara to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

"Biz minalashgan va qayg‘uli chegaralarni do‘stlik va ahillik maskaniga aylantirgan prezidentlar sifatida tarixda qolishimizni istayman. Sizlar buni qo‘llab-quvvatlayotganingizni ko‘rib turibman", — dedi Qirg‘iziston rahbari.

U hal bo‘lmagan chegaraoldi muammolari tashqi va ichki kuchlar tomonidan avj oldiriladigan etnik nizolarga olib kelishi bilan xavfli ekanligini tushuntirdi.

Xususan, chegaralardagi bahsli uchastkalarni kuch bilan tortib olish haqida bir necha marta chaqiriqlar yangragan.

"Belgilanmagan chegara populist va demagoglarni dahshatli narsalarga undaydi. Suv va yer sababli urush kelib chiqishi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgandi. Biz Qambarota GESini birgalikda qurish orqali barcha muammolarga barham beramiz", — ma’lum qildi Atambayev.

Mirziyoyev ham iliq munosabatlar haqida gapirib o‘tdi.

"Diplomatiya oqsoqollari keyingi 25-yil davomida bunday iliq, ishonchli munosabatlarni eslay olishmasa kerak. Bugun biz barcha mavjud to‘siqlarni olib tashlashga ko‘rsatma berdik", — dedi O‘zbekiston prezidenti.

U millatchilarni tag-tomiri bilan sug‘urib tashlash va ikki mamlakat amaldorlarini hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi. "Birgalikda ishlash yodingizdan chiqib qolgani ko‘rinib turibdi, endi hamkorlikda ishlashga ko‘nikish kerak", dedi Mirziyoyev.

Mamlakat rahbari "Manas" eposining ahamiyatini yuqori baholadi.

"Epos Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan. Uni o‘qib qirg‘izlar tarixini bilish mumkin. U bizning xalqimiz uchun ham foydali, yaqinda "Manas" o‘zbek tilida nashr etildi", — dedi Mirziyoyev.

© Press-slujba prezidenta KirgizstanaMirziyov Atambayevga "Manas"ning o‘zbek tilidagi nusxasini sovg‘a qildi
Mirziyoyev podaril Atambayevu pervuyu knigu Manas na uzbekskom yazike - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyov Atambayevga "Manas"ning o‘zbek tilidagi nusxasini sovg‘a qildi

O‘zbekiston rahbari ushbu kitobning birinchi nusxasini Almazbek Atambayevga sovg‘a qildi. Qirg‘iziston prezidenti ham eposning ahamiyati haqida gapirdi.

"2010 yilgi fojiali voqealardan so‘ng millatchilar bosh ko‘tarishdi. Hozir ular baynalmilalchiga aylanishgan, chunki millatchilarga qarshimiz. Men doim bunga qarshi qanday kurashish haqida o‘ylardim", — dedi u.

Atambayev bu borada to‘g‘ri qaror chiqarishga "Manas" eposidagi qahramonning "o‘z xalqini turli xalq va elatlardan yiqqanligi" haqidagi so‘zlari yordam berganligini aytdi.

"Homiylar topdim va biz hamma "Manasga yana bitta haykal o‘rnatishning nima keragi bor" deb qichqirishiga qaramasdan Manasga yodgorlik o‘rnatdik. U qirg‘izlar bizning ko‘pmillatli xalq, qirq o‘g‘iz ekanligimizni yodda tutishlari uchun kerak", — qo‘shimcha qildi Qirg‘iziston prezidenti.

Mustahkam va ahil munosabatlar

O‘zbekiston rahbari Qirg‘izistondagi muhim voqea — bo‘lajak prezidentlik saylovlari haqida ham eslab o‘tdi.

"Dono qirg‘iz xalqi munosib yetakchini tanlashiga ishonchim komil, lekin Almazbek Sharshenovich rahbarligi ostida o‘tgan yillarda ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Eng asosiysi, mamlakatda tinchlik-xotirjamlik hukm surmoqda, xalqning ertangi kunga ishonchi bor", — dedi Mirziyoyev.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Almazbek Atambayev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

U so‘nggi davrda respublikalar o‘rtasida bir nechta muhim kelishuvlar imzolanganini qo‘shimcha qildi.

Birinchi kun yakunlariga ko‘ra 13ta, ikkinchi kuni esa to‘rtta hujjat imzolandi. Ular hamkorlikning barcha yo‘nalishlari: transport, savdo, iqtisodiy jinoyatlar, harbiy va boshqa sohalarni qamrab oladi.

"Biz harbiy hamkorlik istiqbollarini aniqlab oldik. Umuman olganda, bu haqda ilk bor gaplashdik va ko‘rib turibsiz, kelishuv imzolandi", — dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston rahbari Atambayevning tashrifini ikki birodar xalq va mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar mustahkamlanib borayotganligining yorqin dalili deb biladi. Bunday uchrashuvlarni o‘tkazib turish o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishning yangi yo‘llarini topishga yordam beradi, dedi u.

Mirziyoyev muammolar mavjudligini, ammo ularni hal qilish uchun siyosiy iroda yetarli ekanligini qo‘shimcha qildi va qator nozik masalalar bo‘yicha kelishuvlar imzolashga ko‘rsatma berdi. Atambayev hamkasbini qo‘llab-quvvatladi.

Qirg‘iziston prezidenti so‘zi oxirida prezidentlarning asosiy vazifasi o‘z mamlakatlaridagi tinchlik va barqarorlikni saqlash ekanligini eslatib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0