Senat Qirg‘iziston bilan chegara to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

© senat.uzPlenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti ratifikatsiya haqidagi qonunni 2-oktabr kuni imzolagandi

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Oliy Majlis Senati 12-yalpi majlisida 5-sentabr kuni Bishkekda imzonlangan O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi.

Pogranichnik na smotrovoy vishke. Granitsa Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yana chegara masalasida uchrashdi

Qonun prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng kuchga kiradi.

Qirg‘iziston prezidenti ratifikatsiya haqidagi qonunni 2-oktabr kuni imzolagandi.

Bishkekda 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat prezidentlari bahsli hududlar haqidagi muzokaralar davom etishini va tez orada hal etilishini bildirishgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish masalalari bo‘yicha ishchi guruhlari 21-31 avgust kunlari Bishkekda, so‘ngra Toshkentda uchrashuvlar o‘tkazgandi.

Yangiliklar lentasi
0