Almazbek Atambayev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

© Press-sluba prezidenta UzbekistanaPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Toshkentda bo‘lgan prezident Almazbek Atambayev bugun Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi.

Prezident Almazbek Atambayev i Prezident Shavkat Mirziyoyev podpisali Deklaratsiyu O strategicheskom partnerstve, ukreplenii doveriya, dobrososedstva mejdu Kirgizskoy Respublikoy i Respublikoy Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev - Mirziyoyevga: Men sizni hamisha o‘zimni akam deb hisoblaganman
Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 5-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Almazbek Atambayev Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentlar "O‘zekspomarkaz"da tashkil etilgan Qirg‘iziston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, qator hujjatlar imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0