Sergey Lebedev: tug‘ilib-o‘sgan yurtim O‘zbekistonni mehr bilan eslayman

© Sputnik / Aleksey NikolskiyPredsedatel Ispolnitelnogo komiteta – ispolnitelniy sekretar SNG Sergey Lebedev
Predsedatel Ispolnitelnogo komiteta – ispolnitelniy sekretar SNG Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya kotibi O‘zbekiston hamda Birinchi prezident Islom Karimov haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya kotibi Sergey Lebedev “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston hamda Birinchi prezident Islom Karimov haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men O‘zbekistonda tug‘ilganman va ona Vatanim – go‘zal yurtni mehr bilan eslayman. Bolaligim, maktab yillarim shu yerda o‘tgan. 2000 yilda Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktorligiga tayinlanganimda mening ilk safarlarimdan biri albatta Toshkentga bo‘lgan”, dedi u.

MDH Ijroiya raisi Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lebedev Mirziyoyevning tashqi siyosatiga yuqori baho berdi

Lebedev Islom Karimov bilan tanishuvi haqida faxr bilan so‘zladi.

“Tashrifim chog‘ida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilinish baxtiga muyassar bo‘ldim. U kishi bilan o‘shanda yaqindan tanishganmiz. U meni juda iliq qarshi olgandi. Har qanday rasmiy suhbat doiralaridan tashqaridagi samimiy suhbat bo‘lib o‘tgandi. Davlat rahbari mendan bolaligim o‘tgan Jizzax haqida qiziqish bilan so‘ragandi. Men esa qalbimda faxr bilan pasportimning “tug‘ilgan joyi” degan qatorida “Samarqand viloyati”, ya’ni Islom Karimov tug‘ilgan viloyat nomi yozilganligini aytgandim (1948 yilda Jizzax Samarqand viloyati tarkibida bo‘lgan – “Jahon AA). Samarqand va uning diqqatga sazovor maskanlari – Registon, Siyob bozori, Amir Temur va Shohi-Zinda maqbaralarini yodga olgandim.

Islom Karimov keyinchalik menga O‘zbekistonga bo‘lgan muhabbatimni saqlab qolganim, muqaddas qadamjolarni yodda tutganim uchun meni yuksak qadrlashini ko‘p bora aytgandi.

Gensek OON Guterresh pochtil pamat pervogo prezidenta Uzbekistana Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
BMT bosh kotibi Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Bu yetuk siyosatchi bilan ko‘p bora uchrashish sharafiga muyassar bo‘ldim: MDH, ShHT sammitlari, yirik anjumanlarda yiliga 2-3 martaan uchrashardik. Qayd etish lozimki, har bir uchrashuv yodimda qolgan, zero bu eng samimiy onlar edi.

Men Islom Karimovning iliq, mehrli munosabatini har doim his qilganman. U kishini yuksak hurmat bilan eslayman va menga aytgan so‘zlari va tilaklari uchun minnatdorman.

Islom Karimovning qo‘llab-quvvatlovini o‘z amaliy faoliyatimda ham his qilganman.

U kishining qo‘llab-quvvatlashlari tufayli O‘zbekistonning turli idoralari rahbarlari bilan iliq munosabatlarimiz yo‘lga qo‘yilgan.  

Islom Karimov shubhasiz, yorqin va kuchli shaxs sifatida yodda qoladi. Nafaqat men, balki uni yaxshi bilganlar u kishining o‘tkir xotirasi, mas’uliyatliligi, vaziyatni to‘g‘ri baholash, istiqbolni ko‘ra olish xislatlarini e’tirof etadilar.

ShHT davlat rahbarlari sammiti - Sputnik O‘zbekiston
ShHT o‘zining ochiqligi va betarafligini saqlab qolishi kerak - Islom Karimov

MDH Ijroiya kotibi Islom Karimovning turli anjumanlardagi ishtiroklarini ham yodga oldi.

“2014 yilda Minskda bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlari yig‘ilishida u kishining anchagina keskin nutqi OAVda keng muhokama qilingandi. U o‘shanda tashkilotning holatini nafaqat ko‘rsatib bergan, balki Ukraina atrofidagi vaziyatga ham baho bergandi. Bu ochiq va shu bilan birga xolisona berilgan baho edi.

ShHT sammitlarida ham Islom Karimov xuddi shunday tarzda ishtirok etardi. U kishi bilan 2016-yilning 24-iyunida Toshkentdagi so‘nggi uchrashuvimiz yodimda qolgan. Tadbir doirasida ajoyib konsert namoyish etildi. Esimda, men prezidentdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, taxminan yetti metr narida o‘tirgandim. Konsert o‘rtalarida milliy “Lazgi” kuyi ijro etilganda u o‘rnidan turib raqsga tushgandi. U kishining quvonchga to‘la ko‘zlarini zavq bilan kuzatish mumkin edi.

Ha, Islom Karimov o‘z fikri va harakatlarida qat’iy edi. U xalqaro maydonda, birinchi navbatda MDHda yuksak obro‘ga ega edi.

Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari tor doirada to‘planganlarida u hamisha “oqsoqol” sifatida qatnashardi. Ko‘pincha birinchi bo‘lib u kishiga so‘z berilardi. Islom Karimovning yoshi, donoligi, insoniy xislatlari haqiqiy hurmat uyg‘otardi.

Islom Karimov musulmonchilik urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi

Har safar 2016-yilning 3-sentabrida Samarqandda bo‘lib o‘tgan motam marosimini eslasam, o‘zbekistonliklarning qayg‘uli yuz ifodalari ko‘z oldimga keladi. Bu haqiqatan ham umumxalq qayg‘usi bo‘lgandi. Shu diyor farzandi sifatida aytishim lozimki, men bu buyuk shaxsning vafotidan chuqur iztirobga tushgandim. 

Menda Islom Karimov bilan bog‘liq ko‘plab esdalik hujjatlari bor. Mana yonimda “Xalq so‘zi” gazetasi turibdi. Unda u kishining meni Oqsaroy qarorgohida qabul qilgan vaqtdagi surati aks etgan.

Bu insonning so‘zlari, o‘gitlari va mehrli munosabatini tez-tez eslayman. U kishi bilan so‘zlashish, birga ishlash sharafiga muyassar bo‘lgan minglab insonlar ham xuddi shunday yodga olishadi degan fikrdaman.

Islom Karimov xotirasi qalbimizda abadiy qoladi!”

Yangiliklar lentasi
0