Islom Karimov musulmonchilik urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi

Obuna bo‘lish
Samarqand markaziy maydonida bir necha ming aholi jamlanagan, shu jumladan rasmiy delegatsiya vakillari va diplomatlar ham.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Samarqand markazidagi qadimiy Registon maydonida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Registon maydonida minglab shahar aholisi, rasmiy delegatsiyalar a’zolari hamda diplomatlar to‘planishgan. Ko‘pchillikning ko‘zida yosh.

Bundan oldin Prezident ota-onasi yashagan hovlida dafn marosimiga tayorgarlik ko‘rildi. Musulmonchilik urf-odatlariga ko‘ra, Islom Karimovning tanasi 21 metrlik kafanga o‘rab sag‘anaga qo‘yildi. Sag‘anani Prezidentning yaqin kishilari qo‘lda ko‘tarib Registon maydonidan Shohi Zinda qabristonigacha olib borishdi.

Islom Karimov, uning ota onasi va akalari ko‘milgan Shohi Zinda qabristoniga ko‘mildi. Oxirgi yigirma yil davomida ushbu qadimiy qabristonda hech kim ko‘milmagan bo‘lsada, O‘zbekistonning birinchi prezidenti uchun ushbu qoidadan mustasno qilingan.

O‘zbekistonda uch kunlik motam e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0