TOShKENT, 10-iyun — Sputnik.Bugun BMT bosh kotibi Samarqand shahriga tashrif buyurdi va Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb xabar bermoqda Uznews.uz.
BMT rahbari kunning ikkinchi yarmida Nukusga tashrif buyurishni hamda Orol dengizidagi kemalar qabristonini ko‘rishni rejalashtirgan.
Shuningdek, BMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega masalalar, jumladan,
Orol halokati oqibatlarini yumshatishni muhokama qilish ko‘zda tutilgan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.